Доктор Аллерголог
2.4K subscribers
265 photos
166 videos
11 files
607 links
Аллергияни енгишда дори эмас, илм керак!

🩺 Аллерголог | Клиник иммунолог
👨‍⚕️ Болалар ва катталар шифокори
🏁 Локация: t.me/allergolog_allergiya/15935

Консультация бўйича: @allergolog

Беморлар фикри (отзывы):
https://bit.ly/42mm5yl
Download Telegram
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 36.6 PODCAST: Nega isitma qilamiz?

❗️Yosh bolali ota-onalar ko'rishi shart!

Agar ushbu ma'lumotlarni avvalroq bilganingizda farzandingiz immunitetini ideal ishlaydigan qilishingiz mumkin edi!

🌡Isitma qilish – bu shunchaki simptom emas. Uning ko'tarilishi tanada bo'layotgan murakkab jarayonlar haqida ma'lumot beradi.

Xo'sh, u qanday jarayonlar? Uni bilish nega muhim? Isitma immunitetga aloqadormi?

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍8❤3
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isitma – organizmning himoya reaksiyasi

Tanamiz shu darajada mukammal ishlaydiki, o'zidan o'zi tana haroratimiz ko'tarilmaydi. Tanada qandaydir himoyaviy o'zgarishlar ketayotganining belgisi bu.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanamiz ideal yaratilgan!

Organizmimiz kasallik vaqti ataylab issiqlikni ko'taradi. Chunki, ko'plab mikroblar issiqlikda yashay olmaydi.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Immunitet qachon kuchli bo'ladi?

Immun tizimi yaxshi ishlashi uchun u doimiy jang qilib turishi lozim. Bir yilda 6-10 martalab kasal bo'lish bu normal holat, aslida.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Forwarded from 36.6 PODCAST
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 36.6 PODCAST: Barcha kasalliklar rostanam psixologik muammo bilan bog'liqmi?

Navbatdagi mehmonimiz psixiatriya va nevrologiya sohalari mutaxassisi, psixonevrolog shifokor – Azizbek Eraliyev.

🎙 Podcast davomida qanday qilib hechqanday dorilarsiz bemorlarni davolash mumkinligi, kimlar ko'proq psixonevrologik muammolarga moyil bo'lishi, shuningdek, o'qish va ish jarayonidagi doimiy stress, kam uxlash, kuchli ruhiy bosimning salomatlikka ta'siri haqida mazmunli hamda foydali ma'lumotlar oldik.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/3FfSGGg_zuc

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤4😁1
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
41°C dan yuqori isitma juda xavfli!
Tanamizdagi oqsillar "pishib" qoladi!

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 36.6 PODCAST: Allergiyadan batamom qutulish yo'llari haqida gaplashamiz!

Allergiya – bu immun tizimining noto'g'ri ishlashi natijasida rivojlandigan kasallik. Allergiyaning turli shakllariga chalingan bemorlar soni, ayniqsa oxirgi 10-15 yilda dunyo bo'yicha keskin ortib bormoqda.

Podcast davomida biz allergiya o'zi nima ekanligi, qanday qilib paydo bo'lish sabablari, profilaktikasi, zamonaviy tekshiruv va davolash usullari haqida gaplashdik.

Suhbatimiz ko'plab ilmiy ma'lumotlarga va hayotiy qiziqarli keyslarga boy bo'lganidan vaqt o'tganini sezmay qolasiz, vaqtingizga achinmaysiz!

📹 To'liq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/0Olqwl9ZVpg?si=Ve2nNJGAMQGijhpw

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍8😱2
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 36.6 PODCAST: Semizlik muammolari. Ortiqcha stressiz ozish bo'yicha mutaxassislardan tavsiyalar

—Inson qachon semirishni boshlaydi?
—Ortiqcha vaznni qanday hisoblaymiz?
—Semizlik tibbiy va ijtimoiy muammomi?
—Ozishda eng muhim omil nima?
—Ozdirishi isbotlanmagan usullar qaysilar?

Podcast davomida global muammolardan biri bo'lgan SEMIZLIK haqida zamonaviy tibbiyot nuqtai nazari bilan suhbatlashdik. Mehmon ekspertimiz – Taomlanish ilmi, Ongli ozish kabi loyihalar muallifi Feruz Yigitaliyev.

Agar ozish uchun harakatni boshlashni reja qilayotgan bo'lsangiz, demak ushbu podcastdagi ma'lumotlar aynan siz uchun!

📹 To'liq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/E9CSKxpwT_I?si=TDZbyIGsFptL19HC

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3
💭 Savol-javob qilamiz!

Allergiya bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan qanday savolingiz bor? Izohlarda yozishingiz mumkin. Hech bir savol e'tibordan chetda qoldirilmaydi.

Eng yaxshi, eng saviyali savollarni alohida post shaklida e'lon qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ОКТЯБР ЯКУНИ: АЛЛЕРГИЯ ҲАФТАЛИГИ! ҲАЙРИЯ АКЦИЯСИ!

Аллергиядан азият чекаётган лекин молиявий имконияти чекланган беморлар учун "Доктор Аллерголог" ҳамда "POYTAXT MED DIAGNOSTIKA" клиникасидан ажойиб имконият тақдим этилади.

Фақатгина 30-31 октябр (пайшанба-жума) кунлари шифокор-аллерголог Жасур Давлатов томонидан 200.000 сўмлик консультациялар МУТЛАҚО БЕПУЛ амалга оширилади.

❌ Бу ҳали ҳаммаси эмас!

Қуйидаги таҳлиллардан 2 таси ҳам бепул текшириб берилади:

🧪Қондаги глюкоза
🧪С-реактив оқсил
🧪Қондаги мочевина
🧪Қондаги калций
🧪Теридаги замбуруғ

❤️❤️Шунингдек, аллергик касалликларни текшириш учун энг замонавий барча анализларга 15% чегирма тақдим этилади.

Қуйидаги беморлар қабул қилинади:

✅ Аллергик ринит;
— Бурун битиши, оқиши, аксириш,

✅ Аллергик конюктивит;
— Кўз ёшланиши, қичиши, қизариши

✅ Крапивница (Эшак еми);
— Терида тошма тошиши, қичиши

✅ Аллергик йўтал;
— Қайталовчи йўтал, томоқ қичиши

✅ Бронхиал астма;
— Нафас қисиши, хуштаксимон хириллаш

✅ Атопик дерматит (Диатез);
— Болалар терисидаги муаммолар

✅ Озиқ-овқат аллергияси;
— Турли озиқ-овқатга боғлиқ тошмалар


Қаерга бориш керак?

POYTAXT MED DIAGNOSTIKA клиникасига

🗺 Манзил: Тошкент шахри, Учтепа тумани, Заргарлик 62-а уй. Мўлжал: Шуҳрат чорраҳаси. Ал-Хоразмий айланаси
⏰ Иш вақти: 09:00-13:00
🚩 Локация: t.me/allergiya/648

Қабулга рўйхатдан ўтиш:
☎️ +99871-276-96-03
☎️ +99871-276-97-03

Илтимос, ушбу эълонни имкон қадар яқинларингизга, гуруҳларингизга тарқатинг. Айниқса, имконияти чекланган ва аллергия билан узоқ йиллардан бери қийналиб юрганларга.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤5🥰3
❌ BU ALLERGIYA EMAS!

Ba'zi kasalliklarda qo‘llaniladigan dorilar quruq yo‘talga sabab bo'ladi. Bemorlar esa "allergiyadamikin?" deb o'ylashadi.

1⃣. ACE ingibitorlari

Misollar: Enalapril, Lisinopril, Perindopril, Captopril, Ramipril va boshqalar.

Qo‘llanilishi: Ko‘pincha arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, insult (nevrologik kasalliklar)dan keyingi profilaktika uchun beriladi.

Mexanizmi: Bu dori bradikinin va substansiya P nomli moddalarni parchalanishiga to‘sqinlik qiladi. Ular o‘pkada to‘planib, yo‘tal refleksini qo‘zg‘atadi.

Yo‘tal belgisi: Quruq, tinmaydigan, kechasi kuchayadigan yo‘tal, balg‘amsiz.

Boshlanishi: Odatda dori boshlanganidan bir necha kun — bir necha hafta o‘tgach paydo bo‘ladi.

2⃣. Amiodaron

Qo‘llanilishi: Yurak ritmini boshqarish uchun (aritmiyalarda).

Asorat: Uzoq muddatli qabulda o‘pka to‘qimasiga fibroz o‘zgarishlar keltirib chiqarib, quruq yo‘talga sabab bo‘ladi.

Yo‘tal davomiyligi: Davo to‘xtatilgandan keyin bir necha oygacha davom etishi mumkin, chunki preparat tanada sekin chiqariladi.

3⃣. Valproat kislotasi

Kam hollarda yo‘talni allergik yoki bronxial reaksiya orqali keltirib chiqarishi mumkin, lekin bu juda kam uchraydi.

4⃣. Antipsixotiklar va antidepressantlar

Masalan: Amitriptilin, Galoperidol, Risperidon

Bu dorilar ba’zan og‘iz qurishi va bo‘g‘iz qichishishi tufayli reflektor quruq yo‘talni qo‘zg‘atishi mumkin. Ammo bu odatda yengil kechadi.

⏱️ Yo‘tal qancha vaqtda yo‘qoladi?

ACE ingibitorlari to‘xtatilgandan so‘ng:
Odatda 3–7 kun ichida yo‘tal sekin-asta kamayadi, ammo ba’zida 2–4 haftagacha davom etishi mumkin.

Amiodaron to‘xtatilgandan so‘ng:
Dori tanadan juda sekin chiqadi, shuning uchun yo‘tal bir necha oy (hatto 6 oygacha) saqlanishi mumkin.

BU MUHIM!

Agar sabab ACE ingibitori bo‘lsa — shifokor odatda uni ARB (angiotenzin II retseptor blokatori) bilan almashtiradi: masalan, Losartan, Valsartan, Telmisartan — bu dorilar odatda yo‘tal keltirib chiqarmaydi.

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤4
❗️📉Surunkali allergik yallig‘lanish bolalarda o‘sish va rivojlanishni sekinlashtiradi!

Bu jarayonni aniq va ilmiy tilda izohlaymiz:

🧬 1. Immun va endokrin tizimlar o‘zaro bog‘liq

Organizmda doimiy allergik yallig‘lanish bo‘lsa (masalan, oziq-ovqat allergiyasi, atopik dermatit, allergik rinit yoki astma bilan), u holda immun tizim doim sitokinlar (IL-4, IL-5, IL-13, TNF-α, IL-6 va h.k.) ishlab chiqaradi. Bu sitokinlar gipotalamus-gipofiz-buyrak usti o‘qi (HPA axis) faoliyatiga ta’sir qiladi. Natijada kortizol darajasi surunkali oshadi, bu esa o‘sish gormonining (GH) normal ta’sirini susaytiradi.

📖 Manba:
Leung DYM et al., J Allergy Clin Immunol, 2003.
Sicherer SH, Sampson HA, NEJM, 2018.
Wada M. et al., Pediatrics International, 2020.

⚖️ 2. Energiya taqsimoti buziladi

Surunkali allergik yallig‘lanish — bu organizm uchun doimiy energiya sarfi degani. Organizm oziq-ovqatdan olgan energiyani immun javobni “saqlash” uchun ishlatadi, ammo o‘sish, mushak va suyak rivojlanishi uchun kamroq energiya qoladi. Natijada bolada vazn olishi sekinlashadi, bo‘y o‘sishi to‘xtab qoladi yoki pastga tushadi. Umumiy rivojlanish (immun, kognitiv, jismoniy) orqada qoladi.

🥛 3. Allergik dietalarning o‘zi ham o‘sishga ta’sir qilishi mumkin

Agar bola ko‘p mahsulotlarni (sut, tuxum, bug‘doy va h.k.) cheklasa, quyidagilar yuz berishi mumkin:

👉 Kaltsiy, D vitamini, oqsil va energiya yetishmovchiligi, temir tanqisligi yoki mikroelement yetishmasligi va hokazo. Bu esa suyak o‘sishini va mushak rivojlanishini to‘xtatadi.

📊 Tadqiqotlar shuni ko‘rsatgan:
Sut allergiyasi tufayli uzoq muddatli cheklovga o‘tgan bolalar, o‘rtacha 2–3 sm pastroq bo‘y va 1–2 kg kamroq vaznga ega bo‘lgan.
(Flammarion C. et al., Allergy, 2011; Christie L. et al., J Pediatr, 2002)

🧠 4. Neyroendokrin javob

Doimiy yallig‘lanish va allergik stress kortizol ishlab chiqilishini kuchaytiradi. Uning ta’siri:
GH (growth hormone) ishlab chiqilishi pasayadi, Insulin-like growth factor-1 (IGF-1) darajasi kamayadi. Natijada suyaklarning epifiz zonalari sekin yopiladi, ya’ni o‘sish sekinlashadi.

Bunaqa holatlar bo'lmasligi uchun qanday choralar ko‘rish kerak?

✅ Allergiyani nazoratga olish — doimiy yallig‘lanishni kamaytiradi.

✅ Mos dieta (mutaxassis nazorati ostida).

✅ Zarur bo‘lsa, anti-IgE yoki immunoterapiya.

✅ Balanslangan ovqatlanish — yo‘qotilgan mikroelementlarni to‘ldirish.

✅ O‘sish monitoringi: pediatr yoki endokrinolog bilan vazn/bo'y darajasini kuzatib borish.

✅ Psixologik stressni kamaytirish, chunki stress ham HPA o‘qini buzadi.

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3
Allergiya beradigan mahsulotni umuman yemaslik allergiyani remissiya qilmaydimi?

✅ Javob:
— Ko‘pchilik hollarda yo‘q, to‘liq remissiyaga olib kelmaydi, lekin zarur himoya chorasidir.

Izoh:
Agar bemorda IgE vositasida (tezkor tipdagi) oziq-ovqat allergiyasi bo‘lsa, organizmda allaqachon immun xotira shakllangan bo‘ladi. Bu xotirani saqlovchi long-lived plasma hujayralar (LLPC) va memory B/T hujayralar yillar davomida tirik qoladi, hatto antigen (ya’ni o‘sha mahsulot) butunlay olib tashlansa ham.

Shuning uchun “allergenni yemaslik” tolerantlikni hosil qilmaydi, faqat reaksiya xavfini kamaytiradi.

Unda dieta nima uchun kerak?

🛡️ Dietaning asosiy maqsadi – xavfni oldini olish, davolash emas.

Foydalari:

✅ Anafilaksiya yoki og‘ir reaksiyalarni oldini oladi.
👉 Har bir allergik bemor uchun bu birinchi va eng muhim maqsad.

✅ Organizmga tinchlik beradi: yallig‘lanish mediatorlari (semiz hujayra, gistamin) faollashmaydi.
👉 Bu esa ichki to‘qimalarning “doimiy allergik stress” holatini kamaytiradi.

✅ Teri, oshqozon-ichak va nafas tizimi simptomlarini yengillashtiradi.
👉 Bolalarda rivojlanishga ijobiy ta’sir qiladi, chunki doimiy allergik yallig‘lanish o‘sishni sekinlashtirishi mumkin.

Dieta IgE darajasini biroz pasaytiradi, chunki organizm allergen bilan “uchrashmaydi”. Ammo bu immunologik tolerantlik (ya’ni tuzalish) bilan bir xil emas. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, dieta uzoq davom etsa, ba’zan organizm allergenga nisbatan yanada sezgir bo‘lib qoladi.

Manba:
Leonard SA et al., J Allergy Clin Immunol, 2020
Santos AF et al., Nat Rev Immunol, 2022
Pajno GB et al., Allergy, 2019

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
⚡️Surunkali idiopatik qavarchiqlar (крапивница) haqida muhim faktlar

1️⃣ Kasallik mohiyati:

Qavarchiq — terida qizarib, qichishadigan, shishgan toshmalar paydo bo‘lishi bilan kechadigan holat.
Agar bu holat 6 haftadan ortiq davom etsa — surunkali deb ataladi.
“Ideopatik” degani — sababi noma’lum, ya’ni allergen yoki aniq qo‘zg‘atuvchi topilmagan.
📚 Manba: DermNetNZ

2️⃣ Tarqalishi:
Dunyo bo‘yicha surunkali qavarchiq 0.02 % – 5 % aholida uchraydi.
Bemorlarning 75 % atrofida sababi topilmaydi, ya’ni idiopatik shakl.
Ko‘proq ayollarda va o‘rta yoshda (30–50 yosh) uchraydi.
📚 Manbalar:
PubMed
PMC
Allergy, Asthma & Clinical Immunology Journal

3️⃣ Sabablari (patogenez):
Garchi “idiopatik” deyilsa-da, 40–50 % hollarda bu autoimmun mexanizmlar bilan bog‘liq. Ya’ni organizm o‘zi ishlab chiqargan autoantitanachalar teridagi IgE retseptorlariga ta’sir qilib, gistamin ajralishini qo‘zg‘atadi.
📚 Manba: JAMA Network

Boshqa ehtimoliy omillar: stress, oshqozon-ichak infeksiyalari, nosterioid yallig'lanishga qarshi dorilar, jismoniy omillar.
📚 Manba: WAO Journal

4️⃣ Klinik belgilari:
Qichishuvchi, qizil, shishgan toshmalar.
Ba’zida teri osti shishi — angioedema bo‘lishi mumkin. Uxlash, ish, o‘qish, ruhiy holatga sezilarli ta’sir qiladi.
📚 Manbalar:
DermNetNZ
JAMA Network

5️⃣ Diagnostika:
Ko‘pchilikda keng tahlillar shart emas.
📚 Manba: British Journal of Dermatology

6️⃣ Prognoz:
Kasallik o‘rtacha 4 yil davom etadi. Ayrimlarda 10 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Autoimmun shakl va angioedema mavjud bo‘lsa — davomliroq kechadi.
📚 Manba: Allergy, Asthma & Clinical Immunology Journal

7⃣ Hayot sifatiga ta’siri:
Bemorlarining 40 % dan ortig‘ida uyqu buzilishi, ruhiy charchoq va depressiya kuzatiladi.
📚 Manba: JAMA Network

Surunkali idiopatik qavarchiqlar — sababi noma’lum bo‘lsa-da, ko‘p hollarda immun tizim bilan bog‘liq bo‘lgan teri kasalligi. Malakali allergolog shifokor, to'g'ri terapiya, sabr va tibbiy nazorat bilan simptomlarni nazorat ostida saqlash mumkin.

❗️Sizni yoki yaqinlaringizni ushbu kasallik bezovta qilayotgan bo'lsa, bemalol qabulimga kelishingiz mumkin!

Qabulga kelishdan avval telefon qiling:
📞 +998946920852

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👏3😢3
⚡️Allergen spesifik immunoterapiya – Allergiyani ildizi bilan davolovchi metod!

1️⃣ ASIT nima o‘zi?

Allergen immunoterapiya — bu organizmni allergenlarga bosqichma-bosqich o‘rgatish usuli bo‘lib, u immun tizimni “desensitizatsiya” qiladi. Tolerantlik, ya'ni chidamlilik shakllanadi. Natijada allergik simptomlar kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi.
Manba: World Allergy Organization (WAO)

2️⃣ Qanday hollarda qo‘llaniladi?

Allergik rinit (chang, o‘t, hayvon tuklariga allergiya)
Allergik bronxial astma
Ari yoki asalari chaqishiga allergiya
Ba’zan – atopik dermatitning ayrim turlari
Manba: AAAAI — American Academy of Allergy, Asthma & Immunology

3️⃣ ASIT qanday o‘tkaziladi?

ASIT odatda 2 asosiy yo‘l bilan beriladi:
💉 Subkutan (SCIT) – igna orqali teri ostiga
💊 Sublingval (SLIT) – til ostiga tomchi yoki tabletka shaklida
Davolanish odatda 3–5 yil davom etadi.
Manba: European Academy of Allergy and Clinical Immunology (EAACI)

4️⃣ Asosiy foydasi

✅ Allergik simptomlarni sezilarli kamaytiradi;
✅ Dorilarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi;
✅ Uzoq muddatli remissiya beradi — hatto terapiya tugagandan keyin ham!
Manba: National Institutes of Health (NIH)

5️⃣ Qiziqarli faktlar

🌿 ASIT — allergiyani davolashga qaratilgan yagona terapiya, simptomni emas, sababni yo‘q qiladi!
🧠 Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ASIT qilingan bolalarda keyinchalik yangi allergiyalar rivojlanish xavfi 3 baravar kam bo‘ladi.
🐝 Ari chaqishiga qarshi immunoterapiya esa anafilaksiya xavfini 90% gacha kamaytiradi.
📜 ASIT ilk marta qo‘llanilganiga 100 yildan ortiq vaqt o'tdi.
🧬 Ba’zi yangi yo‘llar va molekulyar ASIT shakllari (masalan, allergoidlar, rekombinant allergenlar) rivojlanmoqda.
Manba: Frontiers in Allergy (2024)

6️⃣ Nojoʼya ta’sirlar

Ko‘pincha yengil: qichishish, shish, tomoq achish.
Kam hollarda — anafilaksiya (shuning uchun ASIT faqat tibbiy nazorat ostida o‘tkaziladi).
Manba: Cleveland Clinic

⚠️ Qisqa qilib aytganda, ASIT immunoterapiya — bu allergiyani ildizi bilan yo‘qotish imkonini beruvchi yagona ilmiy asoslangan usul.

❗️Sizni yoki yaqinlaringizni allergik kasalliklar bezovta qilayotgan bo'lsa, bemalol qabulimga kelishingiz mumkin!

Qabulga kelishdan avval telefon qiling:
📞 +998946920852

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
🌧 Yomg‘irli havoning allergiyaga ta’siri

1️⃣ Dastlabki “yuvish” effekti
Yomg‘ir boshlanganda havodagi chang va o'simlik changlari tomchilarga yopishib yerga tushadi, shuning uchun chang darajasi vaqtincha kamayadi — bu allergiya simptomlarini qisqa muddatga yengillashtirishi mumkin.
Manba: Weather.com — How Rain Can Make Allergies Worse

2️⃣ Yirik chang zarralari parchalanishi
Yomg‘ir yoki chaqmoq bilan bo‘lgan shamol paytida chang zarralari suv bilan to‘yingan holda yorilishi yoki parchalanishi mumkin. Bunday kichik bo‘laklar o‘pka ichiga chuqur kirishi va allergik astma hujumlarini keltirib chiqarishi mumkin — bu hodisa thunderstorm asthma deb ataladi.
Manbalar:
PMC — Thunderstorm allergy and asthma
World Allergy Organization — Thunderstorm Asthma

3️⃣ Namlik va qo‘shma ta’sirlar
Yuqori namlik darajasi havoni to‘yintiradi, bu esa nafas yo‘llari qisqarishi orqali astma simptomlarini kuchaytirishi mumkin.
Manba: MedicalNewsToday — Humidity and asthma

Shuningdek, yomg‘ir va namlik zamburug‘lar va chang kanachalarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi, bu allergiya va astma xavfini oshirishi mumkin.
Manba: PMC — Association of humidity and precipitation with asthma

4️⃣ Kechikkan effekt
Yog‘ingarchilikdan so‘ng bir necha kun o‘tib allergik rinit alomatlari ko‘proq namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, og‘ir yomg‘ir holatlarida 6-chi kunda rinit xavfi maksimal bo‘lishi aniqlangan.
Manba: PMC — Impacts of Heavy Rain and Typhoon on Allergic Disease

5️⃣ Astma xurujlari sonini oshirishi mumkin
Metaanalizlarda ekstremal ob-havo (masalan, chaqmoqli bo‘ronlar) bolalar va ayollarda astma alomatlarini 1.24 barobar oshirishi mumkinligini ko‘rsatgan.
Manba: PMC — Extreme weather and asthma: a systematic review and meta-analysis

Ba’zi allergik bemorlar uchun yomg‘ir boshlanishida nafas olish osonroq bo‘lishi mumkin, lekin bo‘ron paytida yomonlashishi ehtimoli yuqori — chunki o'simlik changi bo‘laklari bu vaqtda parchalanadi va havoga qayta tarqaladi.
Manba: Healthline — Does Rain Make Allergies Worse?

Yomg‘ir orqali hava tozalanadi (o'simlik changlari va chang zarrachalari yuviladi), lekin bu faqat qisqa muddatli yordam beradi — keyinchalik namlik o'zgarishi va allergenlarning ko‘payishi alomatlarni qayta kuchaytirishi mumkin.
Manba: Medical News Today — Allergies when it rains

💭 Siz yomg'irli havoda o'zingizni qanday his qilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!

❗️Sizni yoki yaqinlaringizni allergik kasalliklar bezovta qilayotgan bo'lsa, bemalol qabulimga kelishingiz mumkin!

Qabulga kelishdan avval telefon qiling:
📞 +998946920852

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
❤️ Qiziqarli eksperiment!

Keling, teringiz bilan bog'liq bir tajriba o'tkazamiz. Faqat, buning uchun menga yordamingiz kerak bo'ladi.

Shunchaki, izohlarda ➕ yozing, shunga qarab qiziqish darajasini bilaman va davom etamiz.

Tayyormisiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
🔺 Dermografizmni aniqlash tajribasi

Shartimiz: Harkim o'z terisidagi o'zgarishni rasmga olib ushbu post ostida qoldirishi kerak

Bu qanday amalga oshiriladi?

⭐️ Juda oddiy! Dermografizm bor yo'qligini aniqlash uchun sizga istalgan uchi to'mtoq (o'tkir va keskir bo'lmagan) qattiqroq jism kerak bo'ladi. Masalan ruchka yoki qalamning chizmaydigan orqa tomoni.

🫡 Qattiq jismni qo'lingizning ichki bilak qismiga o'rtacha kuch bilan bosib yurg'izisiz, ya'ni qandaydir shaklni chizishga harakat qilasiz va 1-2 daqiqa kuzatasiz.

⭐️Teringizga chizgan shaklingiz qizarib, teridan bo'rtib chiqdimi yoki yo'qmi? Shuni aniqlaysiz. Agar rasmdagidek holat kuzatilgan bo'lsa, demak sizda dermografizm mavjud. Bu belgi ba'zan jiddiy, ba'zan oddiy holatlarning belgisi bo'lishi mumkin (bu haqda keyinroq ma'lumot beramiz).

Yaqinlaringizda ham buni amalga oshirishingiz mumkin. Izohlarda natijalarni kutaman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
🩺 Dermografizm

1️⃣ Nima o'zi bu?

Dermografizm — teriga yengil bosim, ishqalash yoki tirnalishdan so‘ng bir necha daqiqa ichida qizil, shishgan chiziq paydo bo‘lishi holati.
Bu holat “fizik urtikariya” (physical urticaria) turiga kiradi.
Manbalar:
🔗 DermNet NZ — Dermographism
🔗 Cleveland Clinic — Dermatographia
🔗 Medscape — Dermatographism Overview

2️⃣ Paydo bo‘lish sabablari

Dermografizmning aniq sababi hali to‘liq aniqlanmagan, lekin ilmiy manbalarda quyidagi asosiy omillar ko‘rsatilgan:

🧪 Teri bosimi yoki ishqalash → semiz hujayralar gistamin ajratadi → teri shishadi va qizaradi.
🔗 PubMed — Mechanisms of dermographism

🧴 Quruq yoki sezuvchan teri, ekzema mavjud bo‘lishi.
🔗 Cleveland Clinic — Causes

😰 Stress va ruhiy yuklanish — ba’zi bemorlarda simptomlarni kuchaytiradi.
🔗 Medscape — Clinical Overview

💊 Ba’zi dori vositalari (antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchilar) allergik reaksiya fonida qo‘zg‘atishi mumkin.
🔗 Medscape — Causes and Triggers

🌡️ Issiqlik, sovuq yoki kiyimning ishqalanishi.
🔗 Apollo Hospitals — Dermatographia

3️⃣ Klinik belgilari

Teri tirnalgan yoki bosilgan joyda 1–5 daqiqa ichida:
🔸 Qizil yoki oq chiziq
🔸 Shish
🔸 Qichishish hissi paydo bo‘ladi
Odatda bu o‘z-o‘zidan 20–30 daqiqada yo‘qoladi.

4️⃣ Davolash

Dermografizm odatda yengil kechadi, ammo simptomlar bezovta qilsa quyidagilarni qilish mumkin:

🧼 1. Qitiqlovchi omillardan saqlanish
Teri ishqalanishidan, tor kiyimlardan, issiq hammomlardan, kuchli sovunlardan saqlanish.
🔗 DermNet NZ — Management
🧘 2. Stressni kamaytirish
Meditatsiya, dam olish, uyqu gigiyenasi simptomlarni yengillashtiradi.
🌿 3. Qo‘shimcha choralar
Teri namligini saqlash. Allergiya keltiruvchi kosmetik vositalardan uzoq turish
👨‍⚕ 4. Asosiy kasallikni aniqlash va agar urticaria (qavarchiq, крапивница) bilan birga kechayotgan bo'lsa dorilar bilan nazoratga olish uchun allergolog qabuliga borish.


5️⃣ Prognoz

Ko‘pchilikda holat bir necha oy yoki yil ichida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Xavfli kasallik hisoblanmaydi, ammo hayot sifatiga ta’sir qilishi mumkin.

Qo‘shimcha manbalar:
🔗 Verywell Health — Dermatographism
🔗 PubMed — Dermatographism Review 2024

❗️Sizni yoki yaqinlaringizni allergik kasalliklar bezovta qilayotgan bo'lsa, bemalol qabulimga kelishingiz mumkin!

Qabulga kelishdan avval telefon qiling:
📞 +998946920852

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1