Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov
2.24K subscribers
1.58K photos
525 videos
4 files
1.14K links
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati rahbarining rasmiy kanali - Официальный канал руководителя пресс-службы Узпромстройбанка. Murojaat uchun/Для обращения @bbozarovbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

O'zsanoatqurilishbank tomonidan Farg'ona viloyatida navbatdagi press-tur o'tkazilmoqda.

Unda ishtirokchilar mintaqadagi yirik paxta tolasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona "Fergana Global Textile" faoliyati bilan tanishadi.

Bizni kuzatishda davom eting.

📨 SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

Press-tur ishtirokchilari "Fergana Global Textile" korxonasining ip-kalava ishlab chiqarish bo'limida

Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur bo'limda sutkasiga 33-35 tonnagacha tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.

Birozdan so'ng ularning qay tariqa tayyor matoga aylanishi haqida ma'lumot beramiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

📨 SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

Avval xabar berganimizdek, jurnalist va blogerlar ishtirokida Farg'ona viloyatida O'zsanoatqurilishbank tomonidan navbatdagi press-tur o'tkazilmoqda.

Ishtirokchilar "Fergana Global Textile" korxonasida bo'lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Bugungi kunda korxona mahsulotlariga "Zara", "Bershka", "Oysho", "Stradivarius", "Massimo Dutti", "Pull and Bear" kabi jahonning mashxur brendlari qiziqish bildirmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

📨 SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

Avval xabar berganimizdek, jurnalist va blogerlar ishtirokida Farg'ona viloyatida O'zsanoatqurilishbank tomonidan navbatdagi press-tur o'tkazilmoqda.

Press-tur doirasida Oʻzsanoatqurilishbankning Fargʻona mintaqaviy bank xizmatlari ofisida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda transformatsiya ishlaridan keyin bank tarmogʻidagi oʻzgarishlar haqida soʻzlab berildi.

Taʼkidlanganidek, joriy yilning 1-dekabr holatiga koʻra, BXO tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravarga oʻsgan. 55 ta loyihani moliyalashtirish maqsadida 510,3 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratilgan. Buning hisobiga 360dan ziyod ish oʻrni yaratilgan.

Anjuman davomida jurnalistlar shu va boshqa savollar yuzasidan mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

📨 SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

📹 O'zsanoatqurilishbank tomonidan tashkil etilgan navbatdagi press-turda jurnalistlar hamda blogerlar Buxoro viloyati Kogon tumanidagi "KOGON NUR TEKS" korxonasi faoliyati bilan tanishmoqda.

Buxorolik tadbirkor ayol Adolat Maxsudova tomonidan ta'sis etilib, bank moliyaviy ko'magida ish boshlagan mazkur korxona mahsulotlari bugun Rossiya, Polsha, Italiya va Vengriya bozorlarini zabt etmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

Press-tur dasturiga muvofiq, O’zsanoatqurilishbank Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatiga bag’ishlangan matbuot anjumani ham o’tkazildi.

Unda ishtirokchilar muassasaning 2023-yilgi faoliyatiga bag’ishlangan taqdimoti hamda bankning 2024-2026-yillarga mo’ljallangan strategiyasi va undagi ustuvor vaziflar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, transformatsiya jarayonlari va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Jurnalist va blogerlar bank xizmatlari va mahsulotlari, ish jarayonlari va mijozlarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida mutaxassislardan batafsil ma'lumot olishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#press_tur

Jurnalist va blogerlar Navoiy viloyatidagi vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi “Uzbekistan hydrogen peroxide” korxonasi faoliyati bilan tanishmoqda.

MDH hududida yagona hisoblangan ushbu zavod O’zsanoatqurilishbank tomonidan moliyalashtirilgan.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#press_tur

O’zsanoatqurilishbank tomonidan Xorazm viloyatida navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda jurnalist va blogerlat Xonqa tumanidagi “Red Star Oxus” korxonasiga tegishli 5-avlod tipidagi issiqxonada bo’lib, mahsulot yetishtirish va eksport jarayonlari bilan tanishtirildi.

Ma'lumot uchun, 6 gektarli issiqxona Oʻzsanoatqurilishbankning imtiyozli kreditlari hisobiga barpo etilgan bo'lib, 2023-yilgi hosildan 6,5 mlrd. soʻmlik mahsulot ichki bozorga, 800 ming dollarlik mahsulot esa, xorijga eksport qilingan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

Xorazm viloyatiga tashkil etilgan press-tur doirasida, an'anaga ko‘ra, matbuot anjumani ham o‘tkazildi.

Unda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar bankning hududda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va yetakchi tadbirkorlarga moliyaviy ko‘maklashib, aholi daromadligini oshirish borasida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan ma'lumotga ega bo‘ldilar.

Bank xizmatlari va mahsulotlari haqida mijozlar o’z fikrlari va tassurotlari bilan o’rtoqlashishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#press_tur

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Andijon viloyatiga press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Oʻrta Osiyodagi yagona loyiha – yigʻma uy-joylar ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan “Modern Sunny Home” korxonasi faoliyati bilan tanishtirildi.