Milliy sertifikat
2.66K subscribers
316 photos
32 videos
17 files
357 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
Milliy sertifikat imtihonlari учун ruxsatnomalar e'lon qilindi

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17–18–19-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

📝 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruhsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelish so‘raladi.

⏰ Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 13:00 – 14:30

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️ Belgilangan vaqtdan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🇺🇿 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

🗓 2026-yil 17-19-yanvar kunlari biologiya, fizika va tarix fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

🗺 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📊 Ularda jami 51 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 33 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👌1
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

📚 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 31-yanvar (shanba), 1-2-fevral (yakshanba, dushanba) va 7-8-fevral (shanba, yakshanba) kunlari o‘tkaziladi.

📝 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.

⏰ Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 13:00 – 14:30

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️ Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:30 dan, 2-smena uchun soat 14:30 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🎉3
New Linguaskill/TKT imtihonlari

🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markaz tomonidan "Cambridge University Press and Assessment" tashkiloti bilan hamkorlikda xalqaro “New Linguaskill” hamda TKT imtihonlari o‘tkaziladi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🇺🇿 O‘zbekistonda tan olingan xalqaro sertifikatlar bo‘yicha ovozli chat

🗓 11-fevral 17:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazning telegramdagi rasmiy kanali (@IlmiyMarkazUz)da ovozli chat tashkil etiladi.

✅ Ovozli chat xorijiy sertifikatlarning tan olinishi va boshqa xalqaro imtihonlar bo‘yicha bo'lib o'tadi.

🎙 Unda Ilmiy-o'quv amaliy markazi mas’ullari ishtirok etadi va mavzu bo‘yicha savollarga batafsil javob beradi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, ularni bu yerda qoldiring: USTIGA BOSING

📨 Telegram: @IlmiyMarkazUz

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1
🇺🇿 O‘zbekistonda tan olingan xalqaro sertifikatlar bo‘yicha ovozli chat boshlandi.

Ilmiy-o‘quv amaliy markazning telegramdagi rasmiy kanali (@IlmiyMarkazUz)da ovozli chat boshlandi.

✅ Ovozli chat xorijiy sertifikatlarning tan olinishi va boshqa xalqaro imtihonlar bo‘yicha bo'lib o'tadi.

🎙 Unda Ilmiy-o'quv amaliy markazi mas’ullari ishtirok etadi va mavzu bo‘yicha savollarga batafsil javob beradi.

📨 Telegram: @IlmiyMarkazUz

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Sertifikat_natija

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

🗓 2026-yil 17-19-yanvar kunlari biologiya, fizka va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

🆔Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

💠 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

💻 Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🎉2🔥1
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

📚 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi


🧑‍🔬 Kimyo, 🌎 geografiya va ➕ matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 21-22-fevral (shanba, yakshanba), 28-fevral, 1-2-mart (shanba, yakshanba, dushanba) va 7-mart (shanba) kunlari o‘tkaziladi.

🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.

⏰ Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:

21-22-fevral kunlari:

1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 13:00 – 14:30


28-fevral, 1-2 va 7-mart kunlari:

1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 12:30 – 14:00


💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.

❗️ Belgilangan (yuqorida kunlar va smenalar kesimida koʻrsatilgan) vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥1
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🇺🇿 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

🗓 Oldin xabar qilingan milliy sertifikat imtihonlarining kimyo va geografiya fanlari bo‘yicha imtihonlar yakunlandi.

📍Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2026-yil 21-22-fevral kunlari tashkil etildi.

📊 Ularda jami 53 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 28 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📌 Matematika fanidan imtihonlar 2026-yil 28-fevral va 1-2-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM