Milliy sertifikat
2.66K subscribers
316 photos
32 videos
17 files
357 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

✅ 2023-yil 8-9-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 13,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 22 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
👍10
⚡️ Akademik litseylarning bitiruvchilari uchun chet tili imtihoni o‘tkazildi

✅ 2023-yil 11-12-aprel kunlari akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga muvofiq akademik litsey bitiruvchilari uchun bepul tarzda o‘tkazildi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 4,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 8 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
👍10
⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 2-aprel kuni o‘tkazilgan kimyo va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
👍10🤩2
⚡️ 21-aprel kuniga belgilangan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni boshqa kunlarga ko‘chirildi

🌙 Ramazon hayiti
2023-yil 21-aprel — juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan 21-aprel dam olish kuni deb e’lon qilindi.

📌 Shu sababli 21-aprel kuniga belgilangan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni boshqa kunlarga ko‘chirildi.

📆 Bunda talabgorlarning imtihon topshirish joyi o‘zgartirilmagan holda imtihon kuni va vaqtiga o‘zgartirish kiritildi.

✅ Hozirda imtihon kuni o‘zgartirilgan talabgorlarga qachon imtihonda ishtirok etishi bo‘yicha SMS xabarnomalar yuborilmoqda.
👍13
⚡️ Bugun milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

👨🏻‍💻 10-aprel kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📆 Bugun, 24-aprel — mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishning (to‘lov qilish — 25-aprel) soʻnggi kuni hisoblanadi.

🖥 Unda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar kun yakuniga qadar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

✅ Bunda test sinovlari ona tili va adabiyot fanidan 14-may kuni, tarix va geografiya fanlaridan 21-may kuni boʻlib oʻtadi.
👍9🔥6
#Ovozli_chat
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat va chet tili imtihonlari bo‘yicha ovozli chat

📆
2023-yil 28-aprel (juma) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari va chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etib, talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#Ovozli_chat #Live
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat va chet tili imtihonlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙
Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etmoqda.

✅ Unda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari va chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha may oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 6-7-may kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 11-31-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): telegra.ph/Chet-tili-05-03

Izoh:
Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (7-iyun kuni) e’lon qilinadi.
👍16❤4
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 14-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

✅ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
👍8❤1😁1
⚡️ Akademik litseylar bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ Akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari agentlikning maxsus platformasi orqali litsey ma’muriyatiga taqdim etilgan bo‘lib, talabgorlar o‘z natijalarini litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarning sertifikati ham mazkur platformaga elektron shaklda yuklangan.

🔰 O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida (13-15-may) litsey ma’muriyati orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
👍4
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2023-yil 8-aprel kuni boshlanib, 5-mayga qadar davom etgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (13-15-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
👍3❤2🤩1
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

✅ 2023-yil 14-may kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda 6 479 nafar talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍22❤2🤔1