#vazir #xizmat_safari #Termiz
TerDU yangi o‘quv yiliga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?
29-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Termiz davlat universitetida bo‘lib, 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi, yangidan qurib foydalanishga topshirilgan ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi.
Viloyatda yagona bo‘lgan yetti qavatli zamonaviy Ilmiy-tadqiqot markazi 750 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda 8 ta ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi. Tanishish davomida markazdan oqilona foydalanish talaba va magistrantlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, sportning kurash hamda dzyudo turlariga mo‘ljallangan sport majmuasi, ma’muriy va akademik jarayonlarni samarali boshqarish imkonini beruvchi “Registrator ofisi” hamda “Jalinga” interaktiv videostudiyasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍43❤5🔥3👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#challenge_Istiqlol
#mustaqillik_33_yil
#birlashsak_Vatanmiz
🇺🇿 “Mustaqilligim, 33 yoshing muborak bo‘lsin!” chellenjini Qarshi davlat universiteti davom ettirdi
❓ Siz ham chellenjga qo‘shilishni istaysizmi?
Unda:
1️⃣ Mustaqilligimizni madh etuvchi, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi video tayyorlang.
2️⃣ Postga #challenge_Istiqlol #mustaqillik_33_yil va #birlashsak_Vatanmiz heshteglarini qo‘shing.
3️⃣ Do‘stlaringizni ham ushbu chellenjda qatnashishga taklif qiling!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#mustaqillik_33_yil
#birlashsak_Vatanmiz
Unda:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🎉9❤2🥰1
#OTMdars_boshlanishi
#metropoliten
9-sentyabrdan metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi
Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.
Unga koʻra, 2024-yil 9-sentyabrdan yuqoridagi 27 ta oliy ta’lim maskani (rasmda👆) talabalari ushbu grafik asosida darslarga qatnashadi.
👉 PDF shaklida yuklab olish

👍64🤔8❤6😱2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ilm_fan #energetika #munosabat
🔹 Xususan, Farg‘ona tumanidagi elektr iste’moli o‘rganilib, tumandagi 4,6 ming xonadon va 233 ta tadbirkorga xizmat qiladigan “Log‘on” podstansiyasidagi yillik yo‘qotish 5 million kilovatt soatni tashkil qilayotganligi va bu – tabiiy yo‘qotish uchun belgilangan me’yordan 1,5 baravar ko‘pligi aniqlangan.
🖇Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur podstansiyadan elektr oladigan 113 ta transformatordagi yuklamani teng taqsimlash orqali 765 ming kilovatt soat yo‘qotishning oldini olish mumkin. Eng muhimi, bunga xarajat talab qilinmaydi, faqatgina tuman elektr korxonasida boshqaruv to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa bas!
📹Batafsil videolavhada
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farg‘ona politexnika instituti olimlari energiyani tejash bo‘yicha muammolarga ilmiy yechim berishmoqda
🔹 Xususan, Farg‘ona tumanidagi elektr iste’moli o‘rganilib, tumandagi 4,6 ming xonadon va 233 ta tadbirkorga xizmat qiladigan “Log‘on” podstansiyasidagi yillik yo‘qotish 5 million kilovatt soatni tashkil qilayotganligi va bu – tabiiy yo‘qotish uchun belgilangan me’yordan 1,5 baravar ko‘pligi aniqlangan.
🖇Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur podstansiyadan elektr oladigan 113 ta transformatordagi yuklamani teng taqsimlash orqali 765 ming kilovatt soat yo‘qotishning oldini olish mumkin. Eng muhimi, bunga xarajat talab qilinmaydi, faqatgina tuman elektr korxonasida boshqaruv to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa bas!
📹Batafsil videolavhada
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤4
#talabaga_qulaylik #xushxabar
TDTU Olmaliq filialida yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarning 100 foizi qamrab olinadigan bo‘ldi
29-avgust kuni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida davlat-xususiy sheriklik asosida qurib foydalanishga topshirilgan talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
5 qavatli 500 o‘ringa mo‘ljallangan binoda 142 ta xona mavjud bo‘lib, har bir xonaga 3 nafar talaba joylashishi mo‘ljallangan. Dars qilish, kiyim-kechak va yotoq mebellari, shuningdek ko‘rpa-to‘shak hamda choyshablar bilan to‘liq ta’minlangan. Binoda suv ta’minoti, issiqlik, yoritish, kanalizatsiya tizimlarining sifatli ishlashi yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalar turar joyi binosining pastki qismida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga mo‘ljallangan sport to‘garaklari, karaoke xonalari va boshqalarni tashkil etish ishlari amalga oshirilish jarayonida.
Tantanali tadbirda qayd etilganidek, o‘tgan o‘quv yilida 300 nafar talaba yotoqxonada yashagan bo‘lsa, 480 nafari ijara xonadonlarida istiqomat qilishgan. Bu yil foydalanishga topshirilgan mazkur yangi talabalar turar joyi filial talabalarining yashash joyiga bo‘lgan ehtiyojini yuz foiz qoplamoqda.

👍36🔥2❤1🤩1