Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
⚡️ Professional ta'lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar #talabaga_qulaylik #sport_kompleksi

UrDUda yangi sport kompleksi foydalanishga topshirildi


29-avgust kuni Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi arafasida, qolaversa, 2024/2025-oʻquv yili boshlanishi oldindan yangi barpo etilgan sport kompleksining foydalanishga topshirilishi oliygoh jamoasi uchun bayramona tuhfa boʻldi.

5 ta sport turiga moʻljallangan, 6 ta maydondan iborat ushbu sport kompleksi 1 ta basketbol, 1 ta voleybol, 2 ta badminton, 1 ta gimnastika hamda 1 ta gandbol maydonlarini oʻz ichiga oladi.


Talabalarni sportga keng jalb qilish, ularga yanada qulay sharoitlar yaratish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida barpo etilgan ushbu sport majmuasi universitet talabalarini kelgusida jahon olimpiadalarida ulkan zafarlarga erishishlari uchun zamin yaratsa ajab emas!

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/4446

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤3🔥3👏2🎉2
#o‘rganish #ta’lim_fan_kengashi

Ta’lim-fan kengashi a’zolari O‘ZMUning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi

30-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ta’lim-fan jamoatchilik kengashi a’zolari O‘zbekiston milliy universitetida bo‘lib, 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganishdi.

Kengash a’zolari universitetning o‘quv auditoriyalari, ulardagi o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, kutubxona va undagi adabiyotlar fondi, talabalar turar joylari, laboratoriyalar, sport kompleksi, maydonchalar, ovqatlanish shahobchalari va boshqa obyektlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish natijasida olingan ma’lumotlarga muvofiq kengash tomonidan takliflar tayyorlanib, vazirlikka taqdim etiladi va ular asosida chora-tadbirlar belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤6😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Professional_taʼlim #energetika #natija

Shirin energetika kollejining 31 nafar ilk bitiruvchilari “ACWA POWER” kompaniyasida ish boshlaydi


Gap shundaki, joriy yilning 29-avgust kuni Sirdaryo viloyati Shirin energetika kollejida energetika sohasidagi yirik ish beruvchi - “ACWA POWER” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “NOMAC” “2+1” dasturi o‘quvchilarining yakuniy amaliy imtihonlari hamda muvaffaqiyatli bitirganlarga tegishli sertifikatlar topshirish marosimi tashkil etildi.

 Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “NOMAC”, “ACWA POWER” kompaniyalari, ish beruvchi korxona tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirlar kollej o‘quvchilari, ish beruvchilardan tuzilgan hakamlar hay’ati oldida 5 ta ish turi bo‘yicha amaliy imtihonlarni topshirdilar.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/20238/

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍37❤3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#challenge_Istiqlol
#mustaqillik_33_yil
#birlashsak_Vatanmiz

“Mustaqilligim, 33 yoshing muborak bo‘lsin!” chellenjini Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti davom ettirdi

❔Siz ham chellenjga qo‘shilishni istaysizmi?

Unda:

1️⃣ Mustaqilligimizni madh etuvchi, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi video tayyorlang.

2️⃣ Postga #challenge_Istiqlol #mustaqillik_33_yil va #birlashsak_Vatanmiz heshteglarini qo‘shing.

3️⃣Do‘stlaringizni ham ushbu chellenjda qatnashishga taklif qiling!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍37👏3😁3❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qatagʻon qurbonlarini yod etildi

31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabat bilan Shahidlar xotirasi xiyobonida qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar yig‘ildi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤13
#xalqaro_hamkorlik

Xitoyning Guandun alyansi va O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi


30-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov Xitoy Xalq Respublikasi Guandun provinsiyasi xalq kongressi doimiy qo‘mitasi direktorining o‘rinbosari Chjan Shuo Fu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tomonlar ilmiy-texnik taraqqiyotni rag‘batlantirish chora-tadbirlari hamda ilmiy-texnik yutuqlar transformatsiyasi mexanizmlarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/20234

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15👏1