Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
✅ #Olimlar_minbari
#26.08–07.09.2024

📰 Olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Dillarda istiqlol shukronasi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

“O‘zbekistonning iqtisodiy mo‘jizasi: yangi bosqichga qadam” — Muhsin HOJIYEV, Guliston davlat universiteti rektori, professor;

“Bilim va salohiyat yangi O‘zbekiston kelajagini barpo etishda ikki muhim omil” — Sherzod NE’MATOV, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Har birimizdan g‘ayrat-shijoat talab etadigan muhit” — Azizbek HASANOV, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Patentlangan mahsulot. Nega hammasi ham davomli ishlab chiqarilmaydi?” — Shavkat HASANOV, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori, professor;

«Исторический процесс в узбекистано-азербайджанских отношениях: от стратегического партнерства к альянсу» — Баходиржон Шермухаммадов, ректор Ферганского государственного университета, профессор;

“Ilmiy faoliyatda jamoaviylik” — Barno ABDULLAYEVA, Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori, professor;

«Развитое и доступное высщее образование» — Норим РАХМОНОВ, руководитель департамента Ташкентского государственного экономического университета профессор;

“Azim Xorazm bu, qadim Xorazm ma’rifat va san’at o‘lkasi” — Sayyora TOʻYCHIYEVA, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori;

“Deputatlikka nomzod qanday talablarga javob berishi kerak” — Abrorjon OTAJONOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

“Ta’lim islohotlari va jamiyat taraqqiyoti - ularning uyg‘unlashuvi pirovard maqsadlarimizga yetkazadi” — Abdurahim ERKAYEV, Qarshi davlat universiteti professori;

«Великий поэт, наставник, гуманист» — Жыгагул ТАСПАНОВА, доцент Каракалпакского государственного университета имени Бердаха;

«День независимости Узбекистана: праздник свободы и единства» — Махмуда КУЧКАРОВА, доцент Ферганского государственного университета;

«Быть достойными великих предков» — Азалшох ХАМРОЕВ, директор Мемориального музея жертв репрессий Бухарского государственного университета, доцент;

«Немецкий язык мост к новым достижениям» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤3🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Afg‘on ayollarini O‘zbekistonning tibbiyot oliygohlarida o‘qitish bo‘yicha memorandum imzolandi


9-sentyabr kuni Qatar davlati poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qatarning “Ta’lim har narsadan ustun” (“Education Above All”) fondi o‘rtasida afg‘on ayollarini O‘zbekistonda tibbiyot sohasida o‘qitishni tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv doirasida afg‘on ayollarini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitishi rejalashtirilgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/20915

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32😁6❤3🔥1👏1
#Matbuot_anjumani
4️⃣4️⃣4️⃣

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston milliy universiteti hamkorlikda muassasada 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan imtiyoz va yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 10-sentyabr kuni soat 15.00 da matbuot anjumani o‘tkazadi.

📹 Anjuman tafsilotlari “Uzreport TV” telekanali, vazirlik hamda universitetning You Tube'dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi.

❗️Barcha OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.


📍Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 16-uy, O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤2👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #eslatma

📹 Magistraturaga o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥1👏1
👍👍👍👍👍
#qo‘shma ta’lim dasturi

Abituriyentlar diqqatiga!

Toshkent davlat agrar universiteti qator xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan.

Ayni kunlarda 2024/2025-o‘quv yili uchun 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 5 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayonlari davom etmoqda.

▪️Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:
- Biznesni boshqarish (ta’lim tili rus va ingliz tillari);
- Logistika (ta’lim tili ingliz tili);
- Buxgalteriya hisobi (ta’lim tili rus tilida);
- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik (ta’lim tili o‘zbek va turk tillarida).

 ▪️Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha: 
- Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA,  ta’lim til rus va ingliz tillarida);
- Oziq-ovqat xavfsizligi (ta’lim tili ingliz tilida);
- Chorvachilik (ta’lim tili ingliz tilida);
- Mevachilik (ta’lim tili ingliz tilida).

Batafsil bu yerda👈

🔹Talabalar 2 yil (1-, 2-kurs) Toshkent davlat agrar universitetida, 2 yil (3-, 4-kurs) hamkor oliy ta’lim muassasasida tahsil oladi.

 O‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

📝Bitiruvchilarga O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim tashkilotining davlat namunasidagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomi (2 ta) beriladi.

 ⏳Hujjatlar 2024-yil 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:
☎️ +998990218154
📞 +998983025454

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤3🔥1👏1
#talabaga_qulaylik

SamDCHTI talabalari yangi o‘quv yilini yangi o‘quv binoda boshladilar


Bugun, 9-sentyabr kuni 2024/2025-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan institutda 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli yangi o‘quv binosi foydalinishga topshirildi. “Sifat plus qurilish” MCHJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan mazkur bino institut talabalari va professor-o’qituvchilari uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/20921

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30🔥5❤3👏1🤔1
#jarayon

Talaba e’tiborda


9-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosarlari Sarvarxon Buzrukxonov va Otabek Mahkamov boshchiligida O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati hamda vazirlik mas’ullari Talabalar shaharchasidagi “Aqlli yo‘lak”da bo‘lib, talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasidagi tayyorgarlik ishlarini kuzatishdi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yerda talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha 4 ta ma’lumotlar markazi doimiy faoliyat olib bormoqda. Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish uchun 300 nafar ko‘ngilli yoshlar hamda 100 nafar tyutor jalb qilingan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43❤2🔥2🤔1