Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #yangi_oʻquv_yili #jarayon

9-sentyabr kuni oliy ta’lim muassasalarida talabalar munosib kutib olinib, “Najot — ta’limda, najot — tarbiyada, najot — bilimda” shiori ostida qator tadbirlar va tanishuv darslari o’tkazildi.

➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➖O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;

➖Buxoro davlat tibbiyot instituti;

➖Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➖O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali;

➖Samarqand davlat universiteti;

➖O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

➖Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti;

➖Farg‘ona davlat universiteti;

➖Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;

➖Termiz davlat universiteti;

➖Termiz davlat pedagogika instituti;

➖Toshkent davlat yuridik universiteti;

➖Nukus davlat pedagogika instituti;

➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;

➖Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti;

➖Namangan davlat chet tillari instituti;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi;

➖Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

➖Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali;

➖Milliy rassomlik va dizayn instituti;

➖Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali;

➖Navoiy davlat pedagogika instituti;

➖Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;

➖Andijon mashinasozlik instituti;

➖Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖Urganch davlat universiteti;

➖Jizzax politexnika instituti.

Tadbirlar 11-sentyabrga qadar davom etadi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤4
#xalqaro_hamkorlik

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qatar davlatining taʼlim va oliy taʼlim vaziri Butayna bint Ali Al-Nuaymi xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, shuningdek, o‘zbek tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Mahkamov va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori S.Siddiqova ham ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomonidan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, ikki davlatning oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, oziq-ovqat xavfsizligi hamda neft-gaz sanoati sohalarida yaqindan hamkorlik qilish taklif etildi. O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ilmiy va amaliy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Tomonlar o‘zaro ilmiy tadqiqotlar olib borish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda qator kelishuvlarga erishdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍37❤6👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi

“Farg‘ona davlat universitetidan ilmiy, ma’naviy, ruhiy kuch oldim. FarDUda o‘qiganimdan faxrlanaman” — Yorqinbek Odilov, Paralimpiya o‘yinlari chempioni


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🎉4
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov joriy yilning 9-sentyabr kuni Qatarning Doha shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Taʼlimni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan beshinchi tashkilot tadbirida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir global miqyosda taʼlimni himoya qilishga qaratilgan muhim xalqaro platformadir va har yili taʼlim tizimini muhofaza qilish, uning barqarorligini taʼminlash va nizoli hududlarda taʼlim olish huquqini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlanadi.

BMTning “Taʼlimni himoya qilish kuni” tadbiri nafaqat xalqaro hamjamiyatni taʼlim sohasidagi jiddiy muammolarga eʼtibor qaratishga chaqirish, balki tajriba va g‘oyalar asosida kelajak avlodlar uchun xavfsiz va barqaror taʼlim muhitini yaratish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤7😁1
4️⃣4️⃣4️⃣

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda 2024/2025-oʻquv yili bakalavriat va magistraturaning qoʻshma taʼlim dasturlari uchun qabul boshlanganini e’lon qildi.

Afzalliklar:

• Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan ikkita diplom;
• Malakali xorijiy professorlardan sifatli ta’lim;
• Xorijiy stajirovka va talabalar almashinuv dasturlari;
• Work and Travel dasturi;
• DUAL talim shakli asosida o’qib ham ishlash imkoniyati.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari:

• Iqtisodiyot (kunduzgi, sirtqi);
• Menejment (kunduzgi).

Magistratura mutaxassisligi:
• Iqtisodiyot (kunduzgi);
• Menejment (kunduzgi);
• Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (kunduzgi).

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola👈

Arizalar 2024-yil 25-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun:
📞 +998 95 319 01 09

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36❤2😁2🔥1
#xalqaro_hamkorlik #xorijiy_til_rivoji

10-sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti” yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Yu Jun, universitet jamoasi, talabalar ishtirok etdi.

Bugungi kunda dunyoning 150 dan ziyod davlatida 500 dan ortiq Konfutsiy institutlari faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur institutlarning asosiy maqsadi xorijiy davlat vakillariga xitoy tilini o‘qitish va Xitoy madaniyatini tanishtirishga qaratilgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21066

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤3🤔3🔥1