Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#mutolaa

Maqolasiz sarlavha (hajviya)

Taniqli yozuvchi Anvar Obidjon tomonidan yozilgan ushbu maqola qahramoni: maktab o‘quvchisi. U o‘qish bilan bir qatorda maktab devoriy gazetasi muharriri ham. Uning navbatdagi maqolasi maktabda o‘tkazilgan reyd haqida edi, buning uchun ajoyib sarlavha ham topib qo‘yadi. Maqolani yozishga yozib tugatadiyu, ammo hali u, hali bu sinf rahbarlari iltimosiga yo‘q deya olmagani bois oxirida maqoladan faqat sarlavhagina qoladi.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍55🔥6❤5😁3🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik
#TTJ_ochilishi

Urganch davlat pedagogika institutida davlat xususiy-sheriklik asosida yangi barpo etilgan 600 o‘rinli talabalar turar joyining ochilish marosimidan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35🔥7❤2🎉2🤩2
#xizmat_safari #Andijon

Vazir o‘rinbosari Andijondagi oliygohlarda yangi qurilayotgan o‘quv binosi va yotoqxonalarning qurilish jarayonini o‘rgandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim muassasalarida barpo etilayotgan yangi o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarining qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirish maqsadida Andijon viloyatiga bordi.

Safar davomida Andijon davlat universitetining 1800 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi, Andijon davlat pedagogika institutining 400 o‘rinli barpo etilayotgan talabalar turar joyi, 700 000 sig‘imli kutubxona, 1500 o‘rinli o‘quv binosi, Andijon davlat chet tillari institutining 400 o‘rinli 2 ta yotoqxonasi qurilish jarayoni o‘rganildi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21611

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥1😁1
#muhandislik_maktabi

“OKMK” AJ Muhandislik maktabining oliy ta’lim bilan hamkorlikdagi faoliyati kengaytiriladi

14-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “OKMK” AJda tashkilot rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi. Muloqot davomida Muhandislik maktabining oliy ta’lim bilan hamkorlikdagi faoliyati, undagi innovatsion loyihalar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazir “Ammofos-Maxam“ AJning 2024-yilda yonilg‘i-energetik resurslarni iqtisod qilish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasi bilan ham tanishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21612

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤7😁2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uzbekiston24 #Prezident_topshirig‘i_ijrosi

Elektr energiyasi samaradorligi va tejamkorligi bo’yicha o’rganishlar


Toshkent viloyatida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan Chirchiq shahri, Qibray va Parkent tumanlaridagi podstansiyalar, transformatorlar, elektr tarmoqlari, gaz tarqatish qurilmalari, ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayon va energiya uskunalarida o‘lchov-nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21😁2🔥1
#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya #muzokaralar

Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Germaniyaning dual ta’lim tizimini O‘zbekiston hududlarida keng joriy etishga qiziqish bildirildi. Yetakchi universitetlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish uchun ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari forumini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

O‘zbekiston tomoni qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, Germaniya oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va filiallarini ochish uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyorligini bildirdi.

___
В Конгресс-центре города Самарканда состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Федерального Канцлера Германии Олафа Шольца в узком формате и с участием делегаций.

Выражена заинтересованность в широком внедрении германской модели дуального образования в регионах Узбекистана. Для развития образовательного и научного обмена между ведущими университетами предложено запустить Форум вузов двух стран.

Узбекская сторона выразила готовность создать все условия для реализации совместных программ, открытия факультетов и филиалов высших учебных заведений Германии.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍55❤6🔥2😱2