Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyalik talabalar oʻzbek tili va madaniyatiga bagʻishlangan yozgi maktabda ishtirok etdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamda Germaniya Akademik almashinuv xizmati (DAAD) hamkorligida tashkil etilgan “Sharqqa olgʻa” yozgi maktabi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Germaniya oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladigan iqtidorli yoshlar uchun “Sharq Uygʻonish davri: oʻzbek tili va madaniyati boʻylab sayohat” mavzusida tashkil etilgan oromgohda ishtirokchilar oʻzbek tili, madaniyati, tarixi va siyosati boʻyicha intensiv darslarda ishtirok etdilar. Talabalar oʻzbek tili va madaniyatiga oid yangi bilim va taassurotlar bilan oʻz vatanlariga qaytishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤3🔥1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#adiblar_xiyoboni

🗣Adiblar xiyoboniga talaba-yoshlarning tashriflari boshlandi!

O‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi bilan yoshlarni tanishtirish, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlariga start berildi.

☑️O‘zbekiston Milliy universiteti ma’naviyat bo‘limi tomonidan xiyobonda arqon tortish, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek, Erkin Vohidov haykali poyida shoir ijodiga mansub she’r-u g‘azallar o‘qib eshittirildi.

☑️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tyutorlari va talabalari “Ajdodlar xotirasi yodimizda!” shiori ostida yurtimizning diqqatga sazovor joylari, jumladan, Adiblar xiyoboni hamda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasiga sayohat qildilar.

☑️Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurib, Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotga ega bo‘ldilar.

☑️Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahri filiali talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, voleybol, badminton va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.

☑️M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari ishtirokida xiyobondagi Ibroyim Yusupov haykali oldida davra suhbati tashkil etildi.

☑️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari fakultet dekani boshchiligida Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, sportning shaxmat, shashka, badminton, arqon tortish turlari bo‘yicha musobaqalarda o‘zaro bellashishdi.

☑️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tyutorlari va talabalari so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy haykali poyida g‘azallar o‘qib, adibning ijodi bilan yaqindan tanishishdi.

☑️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari talabalar bilan birgalikda Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk shoir Hamid Olimjon haykali oldida kitob mushoirasi hamda shoir ijodiga mansub she’rlardan kuy-qo‘shiqlar ijro qildilar.

Adiblar xiyobonidagi bu kabi tadbirlar reja-grafikka muvofiq, davomli tashkil etiladi. Barcha talaba-yoshlarni xiyobonga taklif qilamiz.

Bizni kuzating

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤3😁2😱1🎉1
Talaba-yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

18-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov raisligida yangi o‘quv yilida talaba yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ma’rifiy-madaniy tadbirlarni sifatli va mazmunli tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Barcha davlat, nodavlat, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan anjuman avvalida davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan tizim asosida talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasidagi samarali ishlar e’tirof etildi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar ko‘rilib, 2024/2025-o‘quv yili uchun reja qilingan maqsadli vazifalar belgilandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22007

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31🔥4
#mutolaa

Jazirama (hikoya)


Gabriel Garsiya ushbu hikoyasida ona va qizning hayot yo‘llarida chekkan aziyatlari va insonning har bir vaziyatlarga ko‘nikuvchan ekanligini mahorat bilan kitobxonga yetkazib bergan.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥4😁1
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

Oliy va professional ta’lim sohasida koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonga jalb qilinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yonni qabul qildi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lgan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qildi.

Batafsil...

👉 In English
👉 На русский

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥5😁1🎉1