Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#metodik_qo‘llanma #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga doir eng muhim masalalarni qamrab olgan uslubiy ishlanmalar taqdim etildi


Bular:

🔖Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma

Ushbu qo‘llanma manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib-qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha elektron yordamchi sanaladi.

🔖Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

Mazkur tavsiyalar manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda ularni bartaraf etish choralariga oid 49 ta muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar)ni o‘z ichiga oladi.

🔖Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illyustrativ tarqatma materiallar

Bu materiallar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoki kadrlar bo‘linmalari), shuningdek, Odob-axloq komissiyalari faoliyatida uslubiy yordam bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #huquqiy_savodxonlik

Aralash saylov tizimida deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16😁2
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi_amalda #muhandislik

Namangan to‘qimachilik sanoati institutining “Ilg‘or muhandislik maktabi” faoliyati “Barkas Teks Group” MCHJ korxonasida rasman yo‘lga qo‘yildi


Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhandislik sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ilg‘or muhandis-texnologlar maktabida tinglovchilar eng zamonaviy moddiy-texnik bazada amaliy tajribalarini muntazam shakllantirib boradilar.

Shuningdek, ular to‘qimachilik tolalaridan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlardagi ilg‘or texnologiyalarni “Ustoz -shogird” tamoyili asosida korxona mutaxassislaridan o‘rganib, institutda o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish orqali chuqur o‘zlashtirishadi.

Bundan tashqari, eksport mahsulotlari ishlab chiqarishda ishtirok etish hamda ilmiy-innovatsion tadqiqot ishlari olib borgan holda kasbiy ko‘nikmalarini ham yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25😁4😱4❤1🔥1
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Misr elchisini qabul qildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misr elchisi Amira Faxmini qabul qildi.

Elchi xonim uning ilk elchilik faoliyati aynan O‘zbekistondan boshlanganini qayd etib, mamlakatimiz va xalqimizga bo‘lgan iliq munosabatini bildirib o‘tdi. Va bundan keyin YuNESKO da boshlayotgan faoliyatida ham mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shadigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Batafsil...

👉 In English
👉 На русский

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤1🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar va abituriyentlar diqqatiga!!!

Kollej va texnikumlarda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat – 25-sentyabrga qadar professional ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul bo‘lib o‘tadi. Buning uchun my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilgan holda hujjat topshirish mumkin.

Qabul jarayonida yangi imkoniyatlar ham taqdim etilmoqda. Qadrli abituriyentlar 25-sentyabrga qadar ushbu imkoniyatdan foydalaning.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22053

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27
Vazir: Oʻz oldingizga yuqori maqsadlar qoʻyishdan qoʻrqmang va ularga intiling

19-sentyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bagʻishlov” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi. Vazirning yangi oʻquv yilidagi tashrifi talabalar, oʻqituvchi-professorlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

– “Talabalikka bagʻishlov” sizning kasbiy oʻsishingiz va oʻzingizni rivojlantirishingiz yoʻlidagi birinchi qadamdir, – dedi vazir Q. Sharipov. – Iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz rivojida ilm-fan, innovatsiya va taʼlim muhim oʻrin tutadi. Ushbu oliygoh fan, tadqiqot va innovatsiyalar birlashadigan maskan hisoblanadi. Bu yerda siz nafaqat chuqur nazariy bilimlar, balki kelajakda siz uchun foydali boʻlgan amaliy tajribaga ham ega boʻlasiz. Oʻz oldingizga yuqori maqsadlar qoʻyishdan qoʻrqmang va ularga intiling.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤2😁2