Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya

O‘zbekiston Milliy universitetida Nobel mukofoti laureati Xiroshi Amano ma’ruza qildi


Yapon olimlari delegatsiyasi 21-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. Yaponiya delegatsiyasi bilan ilmiy-texnik hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, qo‘shma tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish va amaliyotchilarni o‘zaro almashinuvi orqali aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Nagoya universiteti vitse-prezidenti Norimi Mizutani so‘zga chiqib, har ikki mamlakat ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekani va bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng, Nagoya universiteti professori, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Xiroshi Amanoning “Nega Yaponiyaning kambag‘al universiteti moviy rangli svetodiot inqilobini sodir etdi?” (“Why did a poor Japanese university spark the blue LED revolution?) mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilar tomonidan yuqori qiziqish bilan qabul qilindi. Uchrashuv savol-javob tarzida davom etdi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥5❤4👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yoshda

Ushbu tantana dasturiga muvofiq Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Batafsil👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤1🔥1
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Nobel mukofoti laureati, Nagoya universiteti professori Xiroshi Amano bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida yaponiyalik professor Xirosho Amono Toshkent Davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Buyuk yapon olimi, muhandis, fizik, Nagoya universiteti professori Xiroshi Amano 1960-yilning 11-sentyabrida Yaponiyaning Shizuoka prefekturasida tugʻilgan. 1983-yilda Nagoya universitetning bakalavr bosqichini, 1985-yilda esa magistratura bosqichini tugatgan. 1989-yilda ushbu universitetning doktorlik darajasini qoʻlga kiritgan.

X.Amano 1989-yilda ilk bor nitrid galiy (GaN-based UV) asosida oʻzidan moviy nur taratuvchi svetodiodni ixtiro qildi va ushbu kashfiyot uchun 2014-yilda fizika yoʻnalishida Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda X.Amanoning kashfiyotidan elektrotexnikada, tibbiyotda, mashinasozlikda, aviasozlikda, shuningdek energiyani tejash bilan bogʻliq barcha jabhalarda keng foydalaniladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤9🔥3🤩3👏1
#dayjest #besh_tashabbus_olimpiadasi

Oliy ta’lim muassasalarida “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihasi doirasida bir qator sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

➖Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖Samarqand davlat chet tillar instituti;

➖Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;

➖Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;

➖Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖Jizzax politexnika instituti;

➖Guliston davlat pedagogika instituti;

➖O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali;

➖Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;

➖Milliy rassomlik va dizayn instituti;

➖Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali;

➖Urganch innovatsion universiteti;

➖Oʻzbekiston milliy universiteti;

➖Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➖Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali;

➖“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti;

➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali;

➖Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖Buxoro davlat universiteti;

➖Toshkent davlat texnika universiteti;

➖Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

➖Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖Namangan davlat universiteti;

➖Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;

➖Namangan davlat universiteti;

➖Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

➖Fargʻona davlat universiteti;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤6🔥1