Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#mutolaa

Hikoyaning tug‘ilishi (hikoya)


Bu voqea Moskva shahri yaqinida, chekinayotgan qishning so‘nggi kunlaridan birida sodir bo‘lgan edi. Tong rosa cho‘zilgan tun tufayli uyqudan uyg‘onolmay karaxt edi. Unda-bunda dalahovlilarning chirog‘i yonib turar, ora-sira qor uchqunlardi...

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_forum2024 #kun_hisoboti

Birinchi O‘zbekiston va Italiya ta’lim forumi natijalari

🔵Xalqaro anjuman avvalida ikki mamlakat Madhiyasi yangradi, so‘ngra Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Italiya universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini kirish nutqlari bilan tadbirni ochib berdi;

🔵Anjumanda ikki tomondan 70 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi;

🔵Anjuman yalpi majlis va 3 ta alohida seksiyaga bo‘lingan holda olib borildi;

🔵Forum yalpi majlisida oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi va o‘zaro tajriba almashdilar;

🔵Forum doirasida 20 dan ortiq bitim va memorandumlar imzolandi.

Imzolangan hujjatlarga asosan ikki davlat oliygohlari professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlari bo'yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlashadi.
➡️ Forum o‘z ishini 25-sentyabr kuni Buxoro viloyatida davom ettiradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37🔥3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov2024

Siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzodlari: Olim va ziyolilar bilan tanishing!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤7🔥1👏1
4️⃣4️⃣4️⃣

Massachusetts texnologiya instituti vitse-prezidenti Oʻzbekistonga kelmoqda


🌐 Dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri, professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

⚡️ Erik Grimsonning uzoq yillik faoliyati davomida Massachusetts texnologiya instituti oʻqitish sifati va dunyodagi nufuzi jihatdan yetakchi oʻrinlarni egalladi.

✅ Muloqotda yurtimizning barcha ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

👉 Roʻyxatdan oʻtish

🗓 Tadbir vaqti: 15-oktyabr, 15:00
📍Manzil: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti (Movaronnahr koʻchasi 1-uy).

Murojaat uchun: @newuucontact_bot👈

🔁 English

#MIT #muloqot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤11
#xalqaro_hamkorlik

Rostov viloyati oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilg‘or muhandislik maktablari rivojlantiriladi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Rostov viloyati oliy ta’lim muassasalarining rektorlari bilan uchrashdi. Unda Don davlat texnika universiteti rektori Besarion Mesxi, Janubiy federal universiteti rektori Inna Shevchenko, O‘zbekiston tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadriddin Turobjonov va Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ishtirok etdi.

Tomonlar hududlararo hamkorlik mexanizmi, ya’ni O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bevosita universitetlararo aloqalarni kengaytirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22589

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤3🔥2👏1
#turizm #taqdirlash

Turizm fidoyilari taqdirlandi


Joriy yilning 24-sentyabr kuni turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari xodimlariga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Vazir Aziz Abduhakimov ko‘krak nishonini o‘z egalariga topshirdi. Taqdirlanganlar ichida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalarining mas’ul rahbarlari ham bo‘lib, ularning hududlarda turizm salohiyatini oshirish va ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlashdagi samarali faoliyatlari e’tirof etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22647

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤2