Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
100 nafarga yaqin talaba 9 ta xorijiy til bo‘yicha fan olimpiadasida o‘z bilimini sinamoqda

26-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari bo‘yicha fan olimpiadasi boshlandi.

Olimpiada ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarni respublika bosqichiga yetib kelganliklari bilan tabrikladi.

“- Mazkur olimpiada respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilim va qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash imkonini berishiga ishonaman, - dedi vazir o‘z nutqida.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22847

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35❤4👏1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi

Jizzaxda professor-o‘qituvchilar viloyatdagi korxonalarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 27-avgust kuni energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish va resurslarni tejash bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.


Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutning “Energetika va elektr texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan viloyatda joylashgan elektr energiyasi iste’molchilari hamda energiya ta’minot korxonalarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.

Elektr energiyasi iste’molchilari hamda korxonalarning energiya sarfi atroflicha o‘rganilib, o‘rganishlar natijalari bo‘yicha ilmiy-texnik asoslangan yechimlar hamda zarur tavsiyalar berilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11👏7😁3❤1🔥1
Toshkentda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlararo tajriba almashinuv davrasi oʻz ishini boshladi

Unda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari vakillari, davlat organlari rahbarlari, masʼullari, “ICBA”, “Fly Dubai”, Abu-Dabi taraqqiyot fondi kabi tashkilotlar rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Forumda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ham ishtirok etib, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan muhokamalarda qatnashdi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha loyiha va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadida 8 ta klaster, xususan Taʼlim va hududlarni rivojlantirish qoʻshma ishchi guruhi oʻz ishini boshladi.

Vazir Q. Sharipov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan muhandislik sohasida energetika, sun’iy intellekt, atrof-muhit muhofazasi, biotexnologiya, raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarni hamkorlikda rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22896

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤5🔥1