Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#prezident #eʼtirof

"Yangilangan Konstitutsiyamizda dunyodagi mo‘tabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi.

Chunki o‘zim ham ko‘p yillar shu sohada ishlaganman. O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman.

Afsuski, ana shunday sharafli va olijanob kasb egalariga biz yaqin o‘tmishda yetarlicha hurmat va e’tibor qarata olmadik.

Sir emas, qaysi sohaga qo‘shimcha ishchi kuchi kerak bo‘lsa, birinchi navbatda o‘qituvchi-pedagoglar jalb etiladigan bo‘lib qolgan edi.

Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan e’tiboran ana shu og‘riqli masalani hal etishga – o‘qituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik.

Qat’iy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi.

Mana, bu yil "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonunni qabul qildik. Konstitutsiyamizda belgilangan qoida endi ana shu qonun asosida ishlay boshlaydi.

Kimki o‘qituvchiga bosim o‘tkazib, uning kasb faoliyatiga daxli bo‘lmagan ishlarga, turli majlislarga jalb etmoqchi bo‘lsa, ana shu qonun asosida javobgarlikka tortiladi",

- dedi Prezidentimiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21👏4🤔2
#prezident #eʼtirof

Muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish
albatta davom ettirilishi ta’kidlandi.

Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.

Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.

O‘qituvchilar uchun 1 ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib borayotganini shu misolda yaqqol ko‘rish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤5
O‘zMMSI TURKSOY qoshidagi “Turkiy davlatlar san’at universitetlari ittifoqi”ga a’zo bo‘ldi

“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiya davomida ta’lim tizimiga innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, soha mutaxassislari ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish, o‘zbek milliy musiqa san’atini turkiy davlatlar musiqa san’ati bilan o‘zaro uyg‘unlashuv tamoyillarini ishlab chiqish maqsadida Turkiy madaniyat tashkiloti raisi Sultan Raev boshchiligida Turkiy davlatlar san’at universitetlari rektorlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘ngida TURKSOY qoshidagi “Turkiy davlatlar san’at universitetlari ittifoqi” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Shundan so‘ng Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti ittifoq a’zoligiga bir ovozdan qabul qilindi va institut rektori E.Shermanov barcha a’zo OTM rektorlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤2
#prezident #eʼtirof

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik ta’lim klasterlari tashkil etiladi.

Klaster tajriba-sinov tariqasida dastlab Andijon va Buxoro shaharlaridagi pedagogika kollejlarida barpo etiladi va hududlardagi pedagogika institutlari boshqaruvida bo‘ladi.

Andijon va Buxoro pedagogika institutlari bunga byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 25 milliard so‘mdan ajratadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Gazeta_sharhi
#Jadid

Shoirga dedilar: Siz baxtli inson,
El-yurt ardoqlaydi, hamma taniydi.
Shoir javob berdi: Menda bir armon –
Muallim desalar meni, qaniydi…


📺“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤2
#talabaga_qulaylik

Oʻquv binosi va talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

2022-yil 3-may kuni Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filialining yangi oʻquv hamda TTJning yangi binolarini qurish boshlangan edi. Bu xayrli ishlarga 74 milliard soʻm mablagʻ safarbar etildi.

Natijada bugungi kunga kelib 4 ming oʻrinli oʻquv binosi, 500 oʻrinli talabalar turar joyi zamonaviy qulayliklarga ega holatda qurib bitkazildi.

Ushbu binolarning rasman ochilish marosimida SamDU rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, senator R.Xolmurodov, Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi G.Alimova soʻzga chiqib, ilm-maʼrifat yoʻlidagi buyuk qadam, keng imkoniyat bilan barchani qutladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🤔3❤2👏2