#xushxabar #xalqaro_hamkorlik
Milliy rassomlik va dizayn institutida Turkiyaning An’anaviy hunarmandchilikni himoya qilish va saqlab qolish assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan va o‘z o‘rnida ilk bor tashkil etilayotgan “Qо‘lyozma asarlar laboratoriyasi” ochildi.
Ushbu laboratoriya – yurtimizda mavjud muzeylar va kutubxonalar fondlarida saqlanayotgan qadimiy va qimmatbaho qo‘lyozma asarlarini ta’mirlash, qog‘ozlarning tarkibini aniqlash va ularni tashqi omillarning zararli ta’sirlaridan saqlash maqsadida tashkil etildi.
Shuningdek, laboratoriya dunyoning yetakchi davlatlaridan keltirilgan zamonaviy va kamyob asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, tashkil etilishi rejalashtirilgan o‘quv kurslarida turkiyalik mutaxassislar tomonidan sohaga doir innovatsion bilimlar va tajribalar o‘rgatiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23450
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍21🔥1
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv
3-oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi mavjud hamkorlik va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, 2023–2026-yillarda “Barqaror rivojlanish uchun ilm-fan, texnologiya va innovatsion parklar” loyihasi doirasida O‘zbekiston va Xitoy texnoparklari o‘rtasida tajriba almashinuvi, kadrlar malakasini oshirish va qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishilgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, joriy yilning 14–16-noyabr kunlari “InnoWeek.uz-2024” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida UNCTAD Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bilan hamkorlikda seminar treninglar tashkil qilishi ko‘zda tutilgani qayd etildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23458
👉 In English
👉 На русский

👍12❤1🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Milliy chempionatida oliygohlar jamoasi peshqadam!
Joriy yilning 25-sentyabr va 1-oktyabr kunlari Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston Milliy chempionati boʻlib oʻtdi. Unda 31 ta jamoa besh tur davomida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qizg‘in musobaqalarda Urganch davlat universitetining voleybolchi qizlar jamoasi oltin, Namangan davlat universiteti kumush va Andijon davlat pedagogika instituti qizlar jamoasi bronza medallarni qoʻlga kiritdi.
Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz va kelgusida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👍30🔥1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser

#dayjest #Maʼrifat_ulashib #Chellenj
◀️ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida loyiha mehmonlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
◀️ Andijon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashrif buyurgan ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
◀️ Namangan davlat universitetida shoirlar Shuhrat Orif va Dadaxon Muhammadiy ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv hamda maktablarda ijodiy kechalar o‘tkazildi. Universitet axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilindi.
◀️ Shahrisabz davlat pedagogika institutiga loyiha doirasida shoir va yozuvchilar Muhammad Ali, Bobur Bobomurod va Humoyun Akbarov tashrif buyurdi.
◀️ Termiz davlat universitetida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam hamda Olimjon Davlatov bilan uchrashuv o'tkazildi. Erkin A’zamning “Zabarjad” qissasi asosida suratga olingan film namoyish etildi.
◀️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan “Yulduzlar va sayyoralarni izlovchi – Mirzo Ulug‘bek” nomli davra-suhbati bo‘lib o‘tdi.
◀️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida loyiha mehmonlari Qo‘chqor Norqobil, Xosiyat Rustamova, Shamsiddin To‘rayevlar bilan davra suhbati hamda “Ekologiyani asraymiz” shiori ostida ko‘chat ekish marosimi o‘tkazildi.
◀️ Toshkent kimyo texnologiya instituti talabalar turar joyida ”Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida she’riyat kechasi tashkil etildi.
◀️ Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida loyiha mehmonlari bilan ”Munozara” debatlari, mushoiralar va “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
◀️ Guliston davlat universitetida ”Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida mehmon ijodkorlar bilan ”Yoshlar bog‘i”ga nihollar ekildi.
◀️ Milliy estrada san’ati institutida loyiha munosabati bilan professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.
◀️ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, Turan International university hamda Osiyo xalqaro universitetida loyiha mehmonlari ishtirokida davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazildi.
Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar shuningdek, bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda
Bizni kuzating:
Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34😁2❤1🔥1