Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟 #xalqaro_konferensiya #ilmfan

“Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

10-oktabr kuni Samarqandda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan “Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, Fransiyadagi Temuriylar jamiyati prezidenti Frederique Bressand, Samarqand viloyati hokimi yordamchisi Xusan To‘xtayev tabrik so‘zlari bilan ochib berdi.

Konferensiya yalpi majlisi hamda sho‘ba majlislarida davom etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24073

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2
#press_tur

Urganch davlat universitetida press-tur bo‘lib o‘tdi

10-oktabr kuni bir guruh jurnalist va blogerlar hamda vazirlik Jamoatchilik kengashi aʼzolari Urganch davlat universitetida qo‘shimcha kvota asosida o‘qiyotgan qoraqalpogʻistonlik talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida oliygohga tashrif buyurdi.

Bugungi kunda universitetda uch ming nafardan ziyod qoraqalpogʻistonlik talabalar kunduzgi va sirtqi taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olib kelmoqda. Xususan, 2024–2025-oʻquv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga jami 1 147 nafar abituriyent, ulardan 815 nafari kunduzgi, 332 nafari sirtqi taʼlim yoʻnalishlariga qo‘shimcha qabul kvotalari asosida oʻqishga qabul qilindi.


Batafsil👉 https://urdu.uz/ru/news/4494

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥4❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ta’lim_sifati #o‘quv_laboratoriyalari #amaliyot

⚡️Qarshi davlat universitetida fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun moddiy-texnik baza yetarli(mi)?

Bu savolga javob o‘laroq universitet Axborot xizmati tomonidan Fizika fakultetining o‘quv laboratoriyalaridagi jarayonlardan lavha taqdim etildi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, fakultetda 4 ta bakalavriat yo‘nalishi va 2 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 500 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, 3 ta kafedra, 11 ta o‘quv va 1 ta ilmiy laboratoriya mavjud. Joriy o‘quv yilidan muqobil energiya manbalari yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shakli yo‘lga qo‘yilgan.

Universitetning geliopoligon maydonida fakultetning muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasi tashkil qilingan. U yerda muqobil energiya manbalari yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalarning amaliyot o‘tashi hamda magistrantlar va yosh olimlarning dissertatsiyalari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish imkoniyati yaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥1🤔1
#Mutolaa

Diydor (hikoya)

Jahon adabiyotining yetuk namoyondasi O.Henry ushbu hikoyasida ota-ona mehri farzandlar uchun qanchalik muhim ekanini eslatib, har birimizga oyna tutishi shubhasiz. Yozuvchining oddiy va samimiyatga yo‘g‘rilgan uslubi sizni o‘ziga rom etmay qolmaydi.

Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥11😱1
#TechnoWays_marafoni #Nukus #3_kun

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining uchinchi kuni davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida marafonning uchinchi kuni ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion loyihalarini taqdim etmoqda.

Taklif etilgan loyihalar, texnologiyalar yangi texnika va dasturlarni amaliyotga joriy qilishga yo‘naltirilgan. Marafonning bu bosqichi faqat nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmay, amaliy natijalarni ham o‘zida namoyon etmoqda.

Taqdimotlar davomida har bir loyiha hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, innovatsion yondashuv, dolzarbligi va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha keng muhokama qilindi.

Marafon davom etar ekan, ishtirokchilar oʻzaro fikr almashish, tajriba orttirish va yangi imkoniyatlarni o‘rganish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤5🤔3👏2🎉1