Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiti dunyo universitetlar reytingida joy olgani munosabati bilan oliygoh jamoasi qutlandi

11-oktyabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida oliygohning navbatdagi yutug‘i — “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkilotining World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatidan munosib o‘rin egallagini munosabati bilan universitet jamoasi, vazirlik va idoralar vakillari jam bo‘ldilar.

Jamoani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Shohrux Daliyev qutladi.

10-oktyabr kuni e’lon qilingan Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education” xalqaro reyting ro‘yxati tuzishda universitetlarning beshta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha 18 ta ko‘rsatkichdan foydalanilgan, 18 mln. ilmiy nashr va 157 mln. iqtibos o‘rganilib, butun dunyo bo‘ylab 93 ming olim bilan suhbat o‘tkazilgan.

Reyting natijasiga ko‘ra, “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti 43.2 ball bilan dunyo universitetlari xalqaro reytingida TOP-601 o‘rinni egalladi.
Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤3🔥3
#Talaba_yugur #Xorazm

Xorazmda “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi yurtimiz boʻylab tashkil etilmoqda.

Bugun Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi madaniyat va istirohat bog‘ida uch kilometr masofaga “Talaba yugur” poygasi bo‘lib o‘tdi. Viloyatdagi sakkizta oliy ta’lim muassasasi vakillaridan iborat ming nafardan ortiq talaba, professor-o‘qituvchi va xodimlar start chizig‘iga chiqdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, dastlabki uch o‘rinni egallagan g‘oliblar quyidagi miqdorda pul mukofotlari sohibi bo‘lishdi.

1-o‘rin uchun 5 000 000 so‘m
2-o‘rin uchun 3 000 000 so‘m
3-o‘rin uchun 2 000 000 so‘m

Poyga natijalari bilan Yugur platformasida tanishish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍38🔥3🤔2❤1😁1