Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.


✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🔵1-o‘rin – 8 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 6 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 million so‘m;
🔵4-o‘rin – 3 million so‘m;
🔵5-o‘rin – 2 million so‘m;

🗣Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari ham o‘zi tahsil oladigan oliy talim muassasasi tomonidan mos ravishda 1-o‘rin bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul yutuqlariga ega bo‘ladi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, o‘zbek tili bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤2🔥1😱1
#diqqat_tanlov

Orol dengizining qurigan tubida uchraydigan muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan amaliy tadqiqot va innovatsion loyihalar tanlovi muddati uzaytirildi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2024-yilning 25-oktabriga (shu kuni ham 23:55gacha) qadar elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐Batafsil

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍21❤3😁1
Butunjahon standartlar kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

Butun jahon standartlar kuni munosabati bilan Standartlashtirish ilmiy-texnik komissiyasining 68-yig‘ilishi, Davlatlararo texnik qo‘mitalar ishchi guruhining 14-yig‘ilishi hamda ilmiy amaliy konferensiya doirasida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada Innovatsion rivojlanish agentligi nomidan jami 20 ta, shu jumladan 17 ta tijoratlashtirilgan loyiha ishtirok etdi.

Ulardan biri “Art Vernissage” MCHJning O‘zbekistonda sanʼat asarlarini texnologik ekspertizadan o‘tkazuvchi laboratoriya loyihasi sanaladi. U orqali shikast yetkazilmaydigan usullar va texnologiyalar yordamida sanʼat asarlarining asllik darajasini aniqlash yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘rgazma 300 dan ortiq sinov laboratoriyalari va sanoat tarmoqlari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda sinov uskunalarini oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirish va milliy etalonlarni yaratishda ajoyib imkoniyatdir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥4
#xalqaro_aloqalar
#xizmat_safari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiya Italiya Respublikasining huquqiy sohada yuqori nufuzga ega Roma-Tre universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Roma-Tre universitetining oʻquv bazasi hamda mavjud sharoitlar bilan tanishib, hamkorlik aloqalari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi.

Muloqotda mazkur universitetning yurtimizdagi Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirib kelayotgan ishlariga toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetida Yangi texnologiyalar huquqi sohasida ikki diplomli qoʻshma magistratura dasturini joriy etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, ikki universitet hamkorligida bakalavr bosqichi uchun qoʻshma fakultet tashkil etish, ushbu fakultetga Roma-Tre universiteti professor-oʻqituvchilarini oʻquv mashgʻulotlarini olib borish maqsadida jalb qilish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤2😱1
👨‍💻👩‍💻🧠

OTM matbuot kotiblari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi


16-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda SMM Maktab bilan hamkorlikda “PR va SMM: universitetlar uchun zamonaviy yondashuv” mavzusidagi seminar-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Ikki kunlik mazkur tadbirda Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo viloyati oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari hamda Axborot xizmatlari mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Seminarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i N. Oripov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari N. Abduqunduzova hamda SMM Maktab loyiha rahbari K. Baxtiyorzoda ochib berdi. Ular o‘z ma’ruzalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati, universitetlar uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali samarali kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va ularning brendini to‘g‘ri pozitsiyalash zaruriyati haqida gapirib o‘tdilar.

Seminarning birinchi kunida qatnashchilarga qator mavzularda ma’ruzalar o‘qildi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Xususan, universitet imijini ijtimoiy tarmoqlarda samarali shakllantirish borasidagi ilg‘or tajribalar taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24482

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25👏2❤1🔥1🤩1