#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#o‘rganish
100 nafarga yaqin olim Andijon viloyatida energiya resurslaridan samarali foydalanish holatini o‘rganishmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 27-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda elektr energiya yo‘qotishlarini kamaytirish va resurslarni tejash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatining 16 ta shahar va tumanlarida joylashgan yirik va o‘rta energiya iste’molchilari hamda energiya ta’minot korxonalarida energiya samaradorligi bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, 14-oktabrdan boshlab Andijon viloyati hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, mahalliy hokimliklar hamda prokuratura mutasaddilari hamkorligida 10 ta oliy ta’lim muassasasidan 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlardan iborat ishchi guruhlar tomonidan viloyatdagi podstansiyalar, transformatorlar, elektr tarmoqlari, gaz tarqatish qurilmalari, ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayon va energiya uskunlarida energiya resurslarini tejash va yoʻqotishlarni kamaytirish borasida ilmiy-texnikaviy oʻrganishlar amalga oshirilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24604
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍23👏2❤1🔥1
#vazir_yoshlar_uchrashuvi
Vazir Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyati bilan tanishdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Chirchiq davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Dastlab universitetning rivojlantirish strategiyasi, pedagogik taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqbolli rejalari taqdimot qilindi. Soʻngra, oliygohdagi oʻquv laboratoriyalari, amaliy sanʼat namunalari va ijodiy ishlar koʻrgazmasi, ochiq osmon ostidagi kreativ park va unda tashkil etilgan taʼlim markazi namoyish etildi.
Tashrif davomida“Vazir va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Q. Sharipov universitet yoshlarining fikr-mulohazalari, muammo va takliflarini tingladi. Samimiy ruhda kechgan tadbir davomida talabalarning innovatsion dasturlarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24605

👍40🔥7🤩4❤2😁2