#vazir_yoshlar_uchrashuvi
Vazir Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyati bilan tanishdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Chirchiq davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Dastlab universitetning rivojlantirish strategiyasi, pedagogik taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqbolli rejalari taqdimot qilindi. Soʻngra, oliygohdagi oʻquv laboratoriyalari, amaliy sanʼat namunalari va ijodiy ishlar koʻrgazmasi, ochiq osmon ostidagi kreativ park va unda tashkil etilgan taʼlim markazi namoyish etildi.
Tashrif davomida“Vazir va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Q. Sharipov universitet yoshlarining fikr-mulohazalari, muammo va takliflarini tingladi. Samimiy ruhda kechgan tadbir davomida talabalarning innovatsion dasturlarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24605
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍40🔥7🤩4❤2😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov
IT yoshlari o‘z kelajagiga befarq emas
Sizchi?
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
IT yoshlari o‘z kelajagiga befarq emas
Sizchi?
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍7🔥3🤩2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest #Maʼrifat_ulashib
✅ Jizzax politexnika institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut rektori, adiblar hamda talaba-yoshlar ishtirokida institut hududida ko‘chatlar ekish tashabbusi;
✅ Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Nurali Qobul, Shahodat Isoxonova, Gulchehra Ibragimovalar bilan birgalikda davra suhbati;
✅ Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqimiz sevgan shoirlar O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari: Botirjon Ergashev, Ma’mura Zohidova hamda Muhiddin Omonlar ishtirokida seminar;
✅ “Tashkent International University of Education” xalqaro universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar Munavvara Usmonova, Muhtarama Ulug‘ova, Ozoda Bekmurodova bilan ijodiy uchrashuv;
✅ Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali mas’ullari tomonidan tashkil etilgan taniqli ijodkorlar Kavsar Turdiyeva va Sayyora Tuychiyevalar ishtirokida Hazorasp tumanidagi 32-son maktabida adabiy uchrashuv;
✅ Samarqand davlat tibbiyot universitetida elimizning taniqli ijodkorlari Aziz Said, Dilshod Rajab va Orif To‘xtashlar bilan uchrashuv va “ZAKOVAT” intellektual o‘yini;
✅ Urganch innovatsion universiteti tomonidan tashkil etilgan taniqli yozuvchi, zamonaviy oʻzbek adabiyotining yetuk namoyandasi, “Doʻstlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi Shoyim Boʻtayev hamda “Shuhrat" mеdali sohibasi, shoira Sayyora Samandarova ishtirokida 1-son umumiy o’rta ta’lim maktabida davra suhbati;
✅ Navoiy innovatsiyalar universitetida shoir Normurod Norqobilov, adib O’roz Haydar ishtirokida adabiy kecha;
✅ Andijon davlat universitetida Andijon farzandi, elimiz suygan adib Humoyun Akbarov tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlab Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda shoir-yozuvchilar va talabalar ishtirokida “Yomg‘ir” va “Anaxita” kitoblari taqdimoti;
✅ Urganch davlat pedagogika institutida bir qator elimiz ardog‘idagi ijodkorlar, adiblar va yozuvchilar bilan birgalikda “Jadidlar bog‘i”ga tashrif hamda ijodiy uchrashuvlar;
✅ Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida taniqli shoir va mohir jurnalistlar Dilshod Rajabov va Orif To‘xtashevlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
✅ Samarqand davlat chet tillar institutida millat ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida “Milliy qadriyatlar-millat ma’naviyating ko‘zgusi” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy festival;
✅ Andijon mashinasozlik institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Minhojiddin Mirzo, shoira O‘ktamxon Soliyeva, etnograf, folklorshunos, jurnalist Guljahon Mardonova, shoira Xurshida Qo‘chqorova ishtirokida muloqot tadbiri;
✅ Toshkent farmatsevtika institutida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibasi, “Saodat” jurnali bosh muharriri va shu bilan birga, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira Munavvara Usmonova ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;
✅ Toshkent davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi barcha maktablarda taniqli shoir va jurnalistlar ishtirokidagi tanlov va tadbirlar;
✅ Andijon davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minxojiddin Mirzoning Baliqchi tumani va institut yoshlari bilan uchrashuvi;
✅ Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida jurnalist, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xurshid Do‘stmuhammad, “Inson va qonun” huquqiy gazetasi bosh muharriri, “Jasorat” medali va “Mehnat-shuhrati” ordeni sohibi Shodiqul Hamroyev, Shuhrat" medali sohibi, "Sharq yulduzi" va "Zvezda Vostoka" jurnallarining bosh muharriri Sirojiddin Rauf ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥2❤1🎉1
#Mutolaa
Mazkur hikoya Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub boʻlib, unda olov qaʼridan chiqqan yigit - Nurbekning boshdan kechirgan ajobtovur sarguzashtlari, yurtni gʻanimlardan himoya qilish yoʻlida koʻrsatgan jasorati va goʻzal qizga boʻlgan pokiza muhabbati tasvirlangan.
📖Hikoya oʻqish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Olovdan chiqqan odam (hikoya)

👍21❤5🤔3🔥2😱1
#xalqaro_hamkorlik #madaniyat #turizm #targ‘ibot
Farg‘ona davlat universiteti va Ozarbayjonning Odlar Yurdu universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqand shahrida oʻtkazishga munosib hozirlik koʻrish doirasida Fargʻona davlat universiteti ham xorijiy davlatlarda targʻibot ishlarini amalga oshirishni yoʻlga qoʻydi.
Ushbu maqsadda Ozarbayjon Respublikasida boʻlib qaytgan Fargʻona davlat universiteti delegatsiyasi mamlakatning Odlar Yurdu universiteti bilan hamkorlik oʻrnatdi.
Ushbu hamkorlik sharafiga kuni kecha Odlar Yurdu universitetida xalqaro doirada katta tadbir tashkil etildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi tarixi va madaniyatiga sayohat” deb nomlangan ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov, FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi delegatsiya vakillari, oliygohning sanʼat, madaniyat sohasida taʼlim olayotgan va yuksak natijalarga erishayotgan talaba-yoshlari hamda Odlar Yurdu universiteti jamoasi ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24611

👍22❤4😱2🔥1