Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Konferensiya

“Turkistondan Onado‘ligacha bo‘lgan turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi

16-17-oktabr kunlari O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Turkiyaning Nejmettin Erbakan universiteti bilan hamkorlikda o’tkazilgan ushbu xalqaro anjumanda Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniya, Turkiya davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Institut rektori Shahzoda Negmatova barcha ishtirokchilarni tabriklab, konferensiya ishiga omad tiladi.

Batafsil: https://uzfi.uz/uz/news/content/336/

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9👏3🔥2😱1
#dayjest #Maʼrifat_ulashib

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda

✅Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba yoshlarning adabiyotga va she’riyatga bo‘lgan yuksak mehrini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuv;

✅Andijon mashinasozlik institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Minhojiddin Mirzo, shoira O‘ktamxon Soliyeva, etnograf, folklorshunos, jurnalist Guljahon Mardonova, shoira Xurshida Qo‘chqorova ishtirokida “Ijodkorlar – yoshlar huzurida” sarlavhali tadbir;

✅Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida adabiyotsevar talaba-yoshlar va adib Shoyim Bo’tayev o’rtasida ijodiy uchrashuv;

✅Milliy rassomlik va dizayn instituti tashabbusi bilan 332-sonli umumta’lim maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi, “Hurriyat” gazetasi Bosh muharriri, shoir Abdurasul Jumaqul ishtirokida maʼnaviy loyiha;

✅Toshkent davlat transport universitetida taniqli yozuvchi, shoir, olimlar taniqli ijodkorlar Ashurali Boymurod, Kumush Abdusalomova va Rustam Jabborovlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida katta adabiyot bayrami;

✅Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filialida 96-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual o‘yini;

✅Urganch davlat universitetida “Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy” asari tahlili” mavzusida ijodiy uchrashuv;

✅Termiz davlat pedagogika institutida Adib Sobir Termiziy nomidagi Kutubxonada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Qo‘shon Abdullayev va Mayago‘zal Choriyevalar bilan ijodiy uchrashuv;

✅Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Normurod Norqobilov va O‘roz Haydar ishtirokida “Adiblar va yoshlar uchrashuvi”;

✅Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Gulhan atrofida” mushoira kechasi va osh chempionati;

✅Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari - Nuriddin Aminjon, Chorsham Ro‘ziyev hamda Mirzakarim Toshboltayevlar hayoti va ijodiga bag‘ishlab davra suhbati;

✅Toshkent davlat texnika universitetida Mehmon adiblar tomonidan gulxan atrofida talaba-yoshlar bilan mushoira, badiiy chiqishlar va ijodiy suhbatlar;

✅Toshkent davlat yuridik universitetida taniqli yozuvchilar Rahmon Qo‘chqor, Suvon Meli, To‘lqin Eshbek bilan ijodiy uchrashuv;

✅Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Normurod Norqobilov va O‘roz Haydar bilan adabiy suhbatlar;

✅Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ijodkor, adabiyotsevar talaba-yoshlar hamda Xondamir Qodiriy bilan adabiy uchrashuv;

✅Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida loyiha doirasida mushoira kechasi va davra suhbati;

✅Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Mehribon Abdurahmonovaning “Boybo‘sin tavakkal qildi” hikoyasi asosida sahnalashtirilgan tomosha;

✅O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida gulxan atrofida talabalar va mehmon ijodkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va she’rxonlik kechasi;

✅Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali tashabbusi bilan taniqli ijodkorlar – professor Rahimboy Jumaniyozov, shoir Shaxriyor Shavkat, Zulfiya mukofoti sohibasi Nozima Xabibullayeva ishtirokida mazmunli tadbir;

✅Qoraqalpog‘iston meditsina institutida adabiyotshunos ustozlar va ijodkor yoshlar bilan adabiy uchrashuv;

✅Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abduqayum Yo‘ldoshev, Faxriddin Hayit va Muhammad Siddiq Rahmatovlar ishtirokida davra suhbati;

✅Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Sher, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Abdunabi Boyqoʻziyev, Fozil Farhod ishtirokida ijodiy uchrashuv .

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤2🔥2🎉1