Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

“TalentforBIZ” karyera yarmarkasi oʻtkazildi

19-oktyabr kuni Toshkent shahrida Turkiya Respublika Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari ofisi tomonidan “TalentforBIZ” karyera yarmarkasi tashkil etildi.

“TalentforBIZ” karyera yarmarkasining ochilish marosimida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov nutq soʻzlab, mazkur tashabbusning yurtimiz yoshlari uchun muhim ekanini qayd etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24763

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥2😁2
#xalqaro_hamkorlik

O'zbekistonda Italiya tajribasi va texnologiyasi asosida Sinxrotron ilmiy laboratoriyalari tashkil etiladi.


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiya Italiya Respublikasining Triyeste shahri joylashgan “Elettra – Sincrotrone Trieste S.C.p.A.” tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida tashkilot Prezidenti va bosh ijrochi direktori Alfonso Franchiozi bilan O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlarda foydalanish uchun Sinxrotron laboratoriyalarini tashkil etish hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Sinxrotron — bu zaryadlangan zarralar, masalan, elektronlar yoki protonlarni yuqori tezlik va energiyaga erishish uchun maxsus trayektoriya bo‘ylab tezlatishga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali qurilma. Sinxrotronlarda zarralar magnitlar yordamida saqlab turiladigan aylanma trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi va har bir aylanishda ular radiochastotali maydonlar yordamida tezlatiladi. Sinxrotron laboratoriyalari dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ular turli xil ilmiy tadqiqotlar uchun foydalaniladi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24764

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤3🔥3😁2