Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ta’lim tizimi rahbarlariga bog‘cha, maktab, oliygoh hududlarida 20 mingdan ziyod ko‘chat ekish topshirig‘i berildi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Shuningdek, oktabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi.

Yoshlar ishlari agentligi 155 ming yoshlarga bo‘lib berilgan 60 ming gektar yerda jami 1,5 millionta mevali daraxt ekishga ko‘maklashadi.

“Mahalla yettiligi” har bir mahallada 30 tadan kambag‘al oila xonadoniga 20 tupdan, 20 ming yakka yolg‘iz keksalar xonadoniga 10 tupdan mevali daraxtlar tarqatadi. Yettilik o‘ziga biriktirilgan ko‘chalarda jami 6 million dona manzarali daraxt, ko‘chalar, uylar, ko‘p qavatli uylar atrofiga jami 3 million mevali va manzarali daraxt ekishni tashkillashtirishi muhimligi qayd etildi.

Barcha mahallalarda ko‘chat yarmarkasini tashkil qilib, 30 millionta ko‘chat yetkazib berish muhimligi ta’kidlandi.

Televideniye, radio, gazeta va ijtimoiy tarmoqlarda daraxt ekish nuroniylar, mahalla faollari, jamoat arboblari, san’atkor va sportchilar ishtirokida keng targ‘ib qilinsa, ishlarning samarasi bundan-da yuqori bo‘lishi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26😁7❤2😱2🔥1
Har bir viloyatda 1 tadan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti texnikumi tashkil qilinadi

Yig‘ilishda ushbu vazifa bo‘yicha viloyat hokimlariga topshiriq berildi. Texnikum atrofida ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun dendrologiya bog‘i ham tashkil qilinadi.

Shuningdek, Prezident bugun mazkur universitet bilan tanishgani, unda ekologiya, barqaror boshqaruv, atrof-muhit iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, ekologik innovatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishlarida 500 nafar bakalavr va magistr tayyorlanishi alohida qayd etildi.

“Bu bilan ekologiya tizimiga ham zamonaviy kadrlar tayyorlaydigan mustahkam zamin yaratildi”, - dedi davlatimiz rahbari.


Yangi o‘quv yilidan universitetda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, urug‘chilik, ko‘chatchilik, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qisqa kurslar tashkil qilib, har yili 1000 nafar xodimning malakasini oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤1🔥1😁1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Til_qadri

Tilimizni har kuni qadrlaylik!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24🔥6😁2❤1
#dayjest #oʻzbek_tili #ona_tilim

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, unga ko’ra o‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kunning 35-yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida bir qator tadbir va adabiy-ma’rifiy kechalar o‘tkazilmoqda.


🔸Navoiy davlat pedagogika instituti;

🔹Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

🔸Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔹“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”Milliy tadqiqot universiteti;

🔸Namangan davlat chet tillari instituti;

🔹Jizzax politexnika instituti;

🔸Qarshi davlat universiteti;

🔹Ma’mun universiteti;

🔸O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;

🔹Termiz davlat universiteti;

🔸Andijon davlat pedagogika instituti;

🔹Xalqaro innovatsion universiteti;

🔸Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali;

🔸Urganch davlat universiteti;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔸Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Samarqand filiali;

🔹Buxoro davlat pedagogika instituti;

🔸Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi;

🔸Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

🔹O‘zbekiston Milliy universiteti;

🔸Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

🔹Andijon mashinasozlik instituti;

🔸Samarqand davlat chet tillar instituti;

🔹Turon xalqaro universiteti;

🔸Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

🔹Qo‘qon davlat pedagogika instituti;

🔸Andijon davlat chet tillari instituti;

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔸O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

🔸Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

🔸Samarqand Davlat tibbiyot universiteti;

🔹Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔸Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti;

🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali;

🔸Milliy estrada san’ati instituti;

🔹Andijon davlat tibbiyot instituti;

🔸Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;

🔹Toshkent davlat agrar universiteti;

🔸Farg‘ona politexnika instituti;

🔹Namangan davlat pedagogika instituti;

🔸Nukus davlat pedagogika instituti;

🔹O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;

🔸 Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali;

🔹Osiyo xalqaro universiteti;

🔸Qoraqalpog‘iston meditsina instituti;

🔹O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;

🔸O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;

🔸Namangan muhandislik-qurilish instituti;

🔹Farg‘ona davlat universiteti;

🔸Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti.

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36🔥2
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston—Eron oliy ta’lim va innovatsiyalar sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'nq'irotboy Sharipov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24946

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34🔥2❤1👏1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

🇺🇿Sizning ovozingiz muhim!

Har birimizning ovozimiz ahamiyatga ega! Saylovda ishtirok eting va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥3👏3🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Sen vatanparvarsan! Sen tashabbuskorsan! Sen kuchlisan! Demak sen Sardorsan!

O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlar saylovini e’lon qiladi!

10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan vatanparvar, tashabbuskor va kuchli bolalar jamoasi safiga qo‘shiling.

Kreativ g‘oyalarimiz va orzu-maqsadlarimizni O‘zbekiston bolalar tashkiloti atrofida barpo etamiz.

Bolalarda yetakchilik, izlanuvchanlik, jasorat, mehr-saxovat va yurtni sevish kabi fazilatlarni o‘rganishida hissa qo‘shamiz!


📲 “Bolalar harakati” sardorlar saylovi uchun ro‘yxatdan o‘ting!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤4🔥3
✅ #Olimlar_minbari
#14–20.10.2024

📰 Olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Malakali va bilimli o‘rta bo‘g‘in kadrlari iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ishtirokchi” — Farrux MASHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i;

“Maxtumquli o‘zbekning ham shoiri” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor;

«Надежный партнер на пути реформ» — Тулкин ТЕШАБАЕВ, ректор Ташкентского государственного экономического университета, доктор экономических наук, профессор;

“Sifatli ta’lim orqali kambag‘allikni qisqartirish mumkin” — Baxtiyorjon AKBARALIYEV, Andijon davlat universiteti rektori, professor;

“Do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlovchi adabiy meros” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

“Ona tilim onam kabi mo‘tabar” — Gulnoza JO‘RAYEVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori;

«Продовольственная безопасность: вклад мирового научного сообщества» — Х.Келдияров, М.Сафин, профессор СамГУ; Н.Алланазарова, доцент СамГУ;

«Стратегия развития образования: с опорой на прогрессивные технологии и передовые методики» — Гулнора МУСАХАНОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

“Muddatidan oldin ovoz berish – saylov huquqini amalga oshirish imkoniyati” — Ixtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

«Правовые аспекты изъятия земельных участков: основания и порядок компенсации» — Лейла БУРХАНОВА, профессор кафедры Ташкентского государственного юридического университета;

“Energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Toshkent viloyati namunasi yaratilmoqda” — Sadriddin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, professor;

«Путь к реформам: роль парламента в будущем Узбекистана» — Собир АЛИШАЕВ, преподаватель кафедры ТГЮУ; Ульзана РАХИМОВА, старший преподаватель кафедры ТГЮУ;

“Vatanni sevish fanidan she’riy saboq o‘tgan shoir” — Sayyora TO‘YCHIYEVA, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;

“Axloqsizlik “Yangi axloq”mi?” — Abduxalil MAVRULOV, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤6🎉2🔥1🤔1
#xalqaro_hamkorlik

Sinov tariqasida 12 ta OTMda “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvi milliy kodeksi” joriy qilinadi


22-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Britaniya kengashi direktori o‘rinbosari Jamila G‘ulomova hamda Advance Higher Education maslahatchisi Jon Rushfort bilan uchrashdi.

Muloqot davomida oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlik, jumladan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvi milliy kodeksi” loyihasining natijalari va keyingi bosqichlari, vazirlikning oliy ta’lim muassasalarini boshqarish sohasidagi ustuvor vazifalari hamda akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillikka erishgan OTMlarda boshqaruvni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25099

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31🔥2🤔2❤1