Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xushxabar #xalqaro_akkreditatsiya

Buxoro davlat universitetining turizm sohasidagi bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari Butunjahon turizm tashkiloti - UNWTOning TedQual xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

UNWTO TedQual akkreditatsiyasi Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan taʼlim muassasalarida turizm boʻyicha taʼlim va malaka oshirish dasturlari sifatini baholash natijasida beriladigan xalqaro darajadagi sertifikatdir.

Baholash mezonlari o‘quv dasturlarining sifati, samaradorligi, infratuzilma, akademik sektor, tashqi hamkorlar bilan ishlash, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi, davlat sektori bilan hamkorlik kabi ko‘plab omillarni o‘z ichiga oladi.

TedQual xalqaro akkreditatsiyasi turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi dasturlarining sifatini yaxshilashga, ta’lim yo‘nalishi jozibadorligini va global miqyosida raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 200 nafardan ortiq hindistonlik talaba tahsil oladi


Filial axborot xizmati ushbu talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning nazariy va amaliy dars jarayonlaridagi ishtiroki hamda ijtimoiy hayot tarzi haqida videorolik taqdim etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥2😱2
#xalqaro_anjuman #vazir

“Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi


Joriy yilning 17–25-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur konferensiyada YUNESKOning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Sara El Attar, Buyuk Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakilligi direktori Deniz Voddingxem ishtirok etmoqda.

Tadbirni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z nutqi bilan ochib berdi:
– So‘nggi yillardagi oliy ta’lim tizimida asosiy e’tibor mamlakatimiz yoshlarini ta’lim olishi uchun keng imkoniyat va zarur sharoit yaratishga qaratildi. Biz ekologiya, qishloq xo‘jaligi, energetika, tibbiyot, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va mashinasozlik kabi strategik muhim sohalarda ilmiy-tadqiqot va ta’lim loyihalarini amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25136

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20👏2🔥1😁1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #joylashuv

📱 “Saylov uchastkasi manzilini aniqlash” xizmatidan foydalanish tartibi bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1😁1
#iqtibos #xalqaro_anjuman

YUNESKOning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili o‘rinbosari Sara El Attar bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda ta’lim tizimini isloh qilish, ularning sifatini oshirish muhimligiga e’tibor qaratib, YUNESKO bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi:

— Inklyuzivlik va ta’lim sifatini ta’minlaydigan tizim yaratishda raqamli transformatsiya, iqlim o‘zgarishi va ijtimoiy tengsizlik kabi global muammolar oldida yoshlarning zamon talablariga javob beradigan ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlash uchun kuchlarni birlashtirishimiz lozim.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥9👍7❤2
#iqtibos #xalqaro_anjuman

Aleksandr Baxanovich, Belarus Respublikasi taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Belarus Respublikasi taʼlim vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlar bu hamkorlikka mustahkam poydevor yaratgan bo‘lib, taʼlim sohasidagi aloqalar har qachongidan ham kengayib, samarali loyihalarni amalga oshirishga imkon yaratmoqda.

Hozirgi kunda 5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik talabalar Belarus oliy taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda. Shuningdek, 6 ta qo‘shma fakultetlar faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Belarus bilan o‘zaro hamkorlik haqidagi bitim imzolandi. Shuningdek, O‘zbekistonda malaka oshirish markazlari va kasbiy malakani oshirish dasturlari ham Belarus hamkorligida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan amalga oshirilmoqda.

Ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bois o‘zaro aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ishonchim komil, kelgusi istiqbolda hamkorlik yanada mustahkamlanadi va samarali natijalarga olib keladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤1🔥1👏1
#iqtibos #xalqaro_anjuman

Sakin Jabarov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi oʻrinbosari:

Ozarbayjon va Oʻzbekiston respublikalari oʻrtasidagi munosabatlar koʻplab yoʻnalishlarda mustahkamlanib bormoqda. Bu munosabatlar orasida fan va taʼlim sohalari alohida oʻrin tutadi.

Soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonda barcha sohalar fundamental rivojlanmoqda. Bu oʻzgarishlar amaliyotda va statistikada ham namoyon boʻlayotgani ayniqsa, quvonarlidir. Taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar ham oʻz samaralarini koʻrsata boshladi, ikki davlatning ilmiy salohiyati ham ortib bormoqda.

2017–2024-yillar davomida mamlakatda taʼlim salohiyatini oshirish, mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash va innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan katta oʻzgarishlar amalga oshirildi. Universitetlardagi ilmiy tadqiqotlar darajasi yaxshilanib, koʻplab muhim natijalarga erishildi.

Xususan, Scopus xalqaro maʼlumotlar bazasida chop etilgan ilmiy maqolalar soni koʻpaydi, 100 dan ortiq ilmiy tadqiqot markazlari tashkil etildi. Birgina misol sifatida Qarshi davlat universitetida energetika sohasidagi ilmiy izlanishlarni alohida qayd etmoqchiman. Ozarbayjonning Xazar universiteti va Radiatsiya muammolari institutlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida keng koʻlamli tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Yaqin kelajakda boshqa universitetlar bilan ham shunday muvaffaqiyatli hamkorlikni davom ettiramiz deb umid qilaman.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥4