Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Erasmus+ #uchrashuv

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim sohasidagi hamkorligining 30 yilligi doirasida Erasmus+ Klaster yig'ilishi bo‘lib o'tdi


Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “CBHE loyihalarining muhandislik sohasidagi ta'siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida Erasmus+ Klaster yig'ilishi bo‘lib o'tdi.

Uchrashuvda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova va CBHE loyihasining mahalliy koordinatorlari va guruh a’zolari, Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) a’zolari, noakademik CBHE hamkor tashkilotlar, oliy ta’lim tizimidagi manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etdi.

Batafsil…

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31👏5❤3🤔2🔥1
#talabaga_qulaylik #TTJ_ochilishi

Buxoro davlat universitetida 400 o'rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

26-oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti hududida talabalar turar joyining ochilish marosimi bo'lib o'tidi.

BuxDU rektori Obidjon Xamidov so'zga chiqib, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ayniqsa, yashash sharoitlarini yaxshilash, turar-joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta'kidladi.

Mazkur yotoqxonada talabalar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan. Qishki mavsum uchun alohida isitish qozonxonasiga ega yotoqxona binosi zarur qattiq va yumshoq mebel bilan jihozlangan.

Bu ko‘rkam inshootda bo‘lg‘usi yosh mutaxassislar uchun ma’naviyat-ma’rifat xonalari, internet va kompyuter xonalari, har bir qavatda ikkitadan oshxona, kir yuvish xonasi, dazmollash xonalari shay qilingan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤6🔥3