QQDUda "Ajiniyaz — qoraqalpoq adabiyotining faxri" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya tashkil etildi
26-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "Ajiniyaz — qoraqalpoq adabiyotining faxri" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda xorijiy davlatlardan, shu bilan birga, respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlaridan professorlar, olimlar, doktorantlar, izlanuvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Konferensiyani universitet rektori Axmed Reymov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimizning sevimli shoiri Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200 yilligi YUNESKO doirasida xalqaro miqyosda nishonlanadigan yubileylar qatoriga kiritilganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, konferensiyada shoir hayoti va ijodi, asarlari nafaqat qoraqalpoq adabiyoti, balki o‘zbek, qozoq, turkman va boshqa turkiy xalqlar hamda jahon adabiyotida tutgan o‘rni, XIX asr qoraqalpoq adabiyoti rivojida Ajiniyoz ijodining ahamiyati, bugungi kunda uning asarlari o‘rganilishi va kelgusi avlodlarga yetkazilishi kabi masalalar haqida ma’lumotlar berildi.
Konferensiya doirasida universitet jamoasi va bir qator iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍23❤3🔥3
#vazir_tashrifi
Yaratilgan sharoitlar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurib, yangidan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan 1000 o‘rinli Xorijiy tillar fakulteti o‘quv binosini ko‘zdan kechirdi.
Jumladan, vazir mas’ullar hamrohligida o‘quv binosidan o‘rin olgan xitoy, nemis, rus, fransuz tillariga o‘qitish markazlari, ingliz tili dasturlari markazi, Erasmus+ dasturlari ofisi, KOICA markazi, shuningdek, sinxron tarjima o‘quv auditoriyasi bilan tanishdi. Muloqot chog‘ida zamonaviy andozada bunyod etilgan ushbu o‘quv binosida yaratilgan sharoitlar ta’lim sifatini oshirishini alohida e’tirof etdi.

1👍41🔥4😁4❤2👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30👏5🎉3❤1🔥1