Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#turizm
#ilmiy_amaliy_anjuman
Turizm sohasini rivojlantirishda ilmiy yondashuvlar muhokama qilindi
Andijon davlat chet tillari institutining Xonobod shahridagi Turizm laboratoriyasida “Turizm sohasida sotsial media, mahalliy madaniyatlar va gid hamrohligi munosabatlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda institut professor-o‘qituvchilari, boshqa OTMlar hamda xorijiy mutaxassislar sohani rivojlantirishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar bo‘yicha ma’ruza qildilar.
Ta’kidlash joizki, 2017-yildan boshlab O‘zbekiston turizm sohasi boshqa sohalar qatori jadal rivojlantirilib, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Tadbir so‘ngida xorijlik sayyohlar uchun Xonobod shahrining turizm manzillari bo‘ylab sayohat tashkil qilindi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍16🔥4👏2🤔1
#talabaga_qulaylik #TTJ
Namangan davlat universitetida talabalar uchun yangi turar joy binosi foydalanishga topshirildi
Zamonaviy loyiha bo‘yicha 7 qavatli 650 o‘rinli talabalar turar joyi binosi Namangan shahrining Boburshoh ko‘chasidagi hududida bir yil davomida barpo etildi. Qurilish uchun 32 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ universitetning sof foydasi hisobidan sarflandi.
Ma’lumki, Namangan davlat universitetida joriy 2024/2025-o‘quv yilida jami 18 012 nafar talaba tahsil olmoqda. Talabalarning 8 648 nafari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim olgani sababli, ularning 2123 nafarini yotoqxonaga ehtiyoji bor.
Ushbu ehtiyojni qondirish maqsadida universitet tomonidan kelgusida yana 1200 o‘rinli talabalar turar joyi binosini bunyod etish rejalashtirilgan. Buning natijasida jami 2000 nafar talaba turar joy bilan qamrab olinadi.

👍22❤2🔥2🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik
Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!
Darhaqiqat, globallashuv davrida tahdidlar va tazyiqlar xavf tugʻdirmasidan avval ogohlik, daxldorlik tuygʻularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim. Jamiyatning tinchligiga va xavfsizligiga raxna soladigan barcha xatti-harakatlar, maʼnaviy, mafkuraviy tahdidlar yoshlar ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan xalqimizni haq yoʻldan toydirish, ularni jaholat, buzgʻunchilik, nodonlikka boshlash bilan bor hunarini ishga solyapti.
Yoshlarimizni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash orqali yurtimiz farovonlik va taraqqiyotimiz barqaror boʻladi. Shuning uchun ham yoshlarni maʼnaviyatli, komil inson qilib tarbiyalash, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar jamiyatda sodir boʻladigan har qanday voqeliklarga oʻzgacha, ruhiy his kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar. Qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala — yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir”, deb qayd etgan.
Darhaqiqat, globallashuv davrida tahdidlar va tazyiqlar xavf tugʻdirmasidan avval ogohlik, daxldorlik tuygʻularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim. Jamiyatning tinchligiga va xavfsizligiga raxna soladigan barcha xatti-harakatlar, maʼnaviy, mafkuraviy tahdidlar yoshlar ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan xalqimizni haq yoʻldan toydirish, ularni jaholat, buzgʻunchilik, nodonlikka boshlash bilan bor hunarini ishga solyapti.
Yoshlarimizni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash orqali yurtimiz farovonlik va taraqqiyotimiz barqaror boʻladi. Shuning uchun ham yoshlarni maʼnaviyatli, komil inson qilib tarbiyalash, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥4❤1
#xizmat_safari #vazir #Navoiy
Navoiyning ta’lim maskanlari: yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratilmoqda
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Navoiy davlat pedagogika institutining yangi kampusi qurilishi jarayonlari bilan tanishdi. Q.Sharipov ushbu kampusni jahon andozalari va standartlariga toʻliq mos tarzda qurish boʻyicha mutasaddilarga oʻzining taklif va tavsiyalarini berdi.
Shundan soʻng Navbahor 2-son politexnikumi faoliyati bilan tanishdi. Vazir texnikumda kasb-hunar oʻrganayotgan yoshlar bilan muloqot qildi va ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

👍26❤7😁4🔥2👏2