Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP
(International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔠 tinglab tushunish;
🔠 o‘qish;
🔠 grammatika;
🔠 yozish;
🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱Mazkur imtihon uchun talabgorlar 15-noyabrga qadar ro‘yxatga olinadi.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service

👍 Imtihon 16-noyabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

➡️ iTEP uchun mock test 👇https://www.iteptest.com/preview

📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤2🔥1😁1
#konferensiya #taʼlim

“Yangi taraqqiyot bosqichida maktab ta’limini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya


5-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirliligi hamda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) bilan hamkorlikda “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab ta’limini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari qatnashib o‘z nutqlari bilan chiqish qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26450

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍21🔥2❤1😁1🤔1
#exchange_program

🇺🇿🇨🇳Urganch davlat universitetida xitoylik magistr talabalar oʻqitilmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti bilan Urganch davlat universiteti oʻrtasida imzolangan anglashuv memorandumiga binoan, 2024-yilning 2-8 noyabr kunlari talabalar almashinuvining “Language teaching school” loyihasi doirasida Gansu qishloq xoʻjaligi universitetining 17 nafar magistr talabalari oʻqituvchilari Xu Peng hamda Ma Xiaojie boshchiligida Urganch davlat universitetida bilim va malaka oshirishmoqda.

Xitoylik talabalarga Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining salohiyatli professor-oʻqituvchilari ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish borasida oʻz bilim, mahorati va tajribalarini oʻrgatishmoqda. Ayni paytda xitoylik talabalar dars mashgʻulotlarida ishtirok etishmoqda.

Loyiha dasturda oʻquv mashg‘ulotlaridan tashqari Xorazm viloyatining turistik maskanlariga sayohat qilish ham joy olgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3
#tavsiya

“O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnalining 2024-yil 3-soni

Jurnalning mazkur sonida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda talabalarning professional ta’lim va sohaga doir amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tayyorlagan ilmiy maqolalari nashr etilgan.

👉 Maqolani o‘qish
👉 PDF shaklida yuklab olish

Ma’lumot uchun, jurnalning navbatdagi soni uchun taqdim etiladigan maqolalar belgilangan talablar bo‘yicha Telegram messenjeri orqali @DoniyorMadjidovich manziliga yoki pedagoginnovatsiyalar@edu.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥4❤3😱2