Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#exchange_program

🇺🇿🇨🇳Urganch davlat universitetida xitoylik magistr talabalar oʻqitilmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti bilan Urganch davlat universiteti oʻrtasida imzolangan anglashuv memorandumiga binoan, 2024-yilning 2-8 noyabr kunlari talabalar almashinuvining “Language teaching school” loyihasi doirasida Gansu qishloq xoʻjaligi universitetining 17 nafar magistr talabalari oʻqituvchilari Xu Peng hamda Ma Xiaojie boshchiligida Urganch davlat universitetida bilim va malaka oshirishmoqda.

Xitoylik talabalarga Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining salohiyatli professor-oʻqituvchilari ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish borasida oʻz bilim, mahorati va tajribalarini oʻrgatishmoqda. Ayni paytda xitoylik talabalar dars mashgʻulotlarida ishtirok etishmoqda.

Loyiha dasturda oʻquv mashg‘ulotlaridan tashqari Xorazm viloyatining turistik maskanlariga sayohat qilish ham joy olgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3
#tavsiya

“O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnalining 2024-yil 3-soni

Jurnalning mazkur sonida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda talabalarning professional ta’lim va sohaga doir amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tayyorlagan ilmiy maqolalari nashr etilgan.

👉 Maqolani o‘qish
👉 PDF shaklida yuklab olish

Ma’lumot uchun, jurnalning navbatdagi soni uchun taqdim etiladigan maqolalar belgilangan talablar bo‘yicha Telegram messenjeri orqali @DoniyorMadjidovich manziliga yoki pedagoginnovatsiyalar@edu.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥4❤3😱2
🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

❗️ESLATMA! Ro‘yxatdan o‘tish uchun ikki kun qoldi

📖 Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi uchun navbatdagi diagnostik test sinovlari 2024-yil 13-noyabr kuni soat 9:00 da Bilimni baholash agentligining Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan o‘tkaziladi.

🗺Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali 7-noyabr soat 10:00 ga qadar amalga oshiriladi.

⚠️ Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68.

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
#dayjest #xotin_qizlar

Respublika Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi tomonidan respublika davlat oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar kengashi raisi va fakultet dekan maslahatchilarining faoliyati o‘rganilmoqda

↪️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali;

↪️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➡️Jizzax politexnika instituti;

↪️Qoraqalpoq davlat universiteti;

➡️Samarqand davlat arxtektura-qurilish universiteti;

↪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali;

➡️Nukus innovatsion instituti;

↪️Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

➡️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

↪️Urganch davlat universiteti;

➡️Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali;

↪️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

➡️Qoʻqon davlat pedagogika instituti;

↪️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➡️Namangan toʻqimachilik sanoati instituti;

↪️“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

➡️Namangan davlat pedagogika instituti;

↪️Guliston davlat universiteti;

➡️Namangan davlat chet tillari instituti;

↪️Andijon davlat chet tillari instituti;

➡️Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

↪️Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

➡️Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;

↪️Andijon mashinasozlik instituti;

➡️Andijon davlat pedagogika instituti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤5🔥2
#mutolaa

Hazilkash (hikoya)


“Odamlarga beg‘araz kulgi ulashib, ularning qalbidan g‘uborlarni ketkazuvchi hazil chinakam hazil, aks holda, u bema’nilikdan o‘zga narsa emas”, deydilar. Ushbu hikoya qahramonlari ham katta odamlar bo‘lishiga qaramay, ana shunday bema’nilikni o‘ziga odat qilgan kishilardir. Hikoya bilan tanishish jarayonida ba’zi hazillarning tagi zil ekaniga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.

📖Hikoyani oʻqish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥2❤1