Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim sohasida Yaponiya bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


2024-yilning 29-oktabr – 1-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyevning Yaponiyaga amalga oshirgan xizmat safari davomida qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, Sh.Daliyev Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT), davlat vaziri – vazirning birinchi o‘rinbosari, Yaponiya Parlament a’zosi Takebe Arata bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri, Yaponiya Parlament a’zosi Abe Toshiko xonim hamda vazirning birinchi o‘rinbosari, Yaponiya Parlament a’zosi Takebe Aratalarning 2025-yil O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi. Tashrif davomida Buxoro shahrida O‘zbekiston-Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi Beshinchi forumini o‘tkazish taklifi berildi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34😁3❤2🔥1👏1
#ilmfan #anjuman

Akademik va yoshlar: ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi!


7–8-noyabr kunlari Qoraqalpoq davlat universitetida ushbu mavzuda o‘tkazilayotgan akademik va yoshlar kongressi akademik Behzod Sodiqovich Yo‘ldoshev xotirasiga bagʻishlandi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi va Qoraqalpog‘iston davlat universiteti mutasaddilari, ilm-fan vakillari, professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni ilm-fan va innovatsiyaga jalb etish, ularda ilmiy qiziqishni oshirish hamda yosh tadqiqotchilar va talabalarning taniqli olimlar bilan muloqotini tashkil qilishdir.

Kongressda ilm-fan sohasidagi dolzarb muammolar, ilmiy tadqiqotlarda yangi texnologiyalarning ahamiyati va jahon miqyosidagi ilmiy yutuqlar haqida ham so‘z yuritilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram‌‌
👍16🔥2❤1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning fikr-mulohazalari “Axborot” dasturida namoyish etildi


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤1
#xalqaro_hamkorlik

Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda muhandislik sohasida yetuk kadr va mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Yaponiyaga xizmat safari doirasida Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta vitse-prezidenti Imoto Sachiko hamda Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz departamenti boshlig‘i Xirosava Masayuki bilan uchrashdi.

Muzokara davomida ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar olib borilib, qator kelishuvlar va rejalar belgilab olindi.

👉Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram‌‌
👍17❤2🔥2😁1
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. 

Joriy yilda mamlakatimizdagi suv omborlarida o‘tgan yilga nisbatan ko‘p suv yig‘ilgani ta’kidlandi. 

Davlatimiz rahbari bu holatda xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi. Yig‘ilishda sohada hali qilinadigan ishlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Jumladan, har bir kanalga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Suv muammolari ilmiy instituti, 9 ta texnikumni “dual ta’lim” asosida biriktirish muhimligi ta’kidlandi. 

“Ular loyihadan betonlash tugaguncha bo‘lgan barcha jarayonlarni ilmiy yondashuv asosida kuzatib, tavsiya va xulosasini beradi.” – dedi Prezident. 


Kanallarni betonlash hisobiga suv oqimi tezlashadi. Bu – kichik GESlar qurib, elektr olish uchun katta imkoniyat.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥2❤1
#dayjest #xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro aloqalari rivojlanmoqda.

✅Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti Samarqand filialiga Vengriyaning Jamoat xizmati universiteti va Ozarbayjonning Boku muhandislik universiteti delegatsiyalari tashrif buyurdi;

✅Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Nagoya universiteti, Kioto informatika bo‘yicha magistratura kolleji (KCGI) va Yaponiya talabalarni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti (JASSO) vakillaridan iborat delegatsiya qabul qilindi;

✅Vengriyaning taniqli musiqa san’ati ustasi Apor Syuch Milliy estrada san’ati instituti talabalari uchun mahorat darsi o’tdi;

✅Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindiston elchisi tashrif buyurib, hindistonlik talabalar bilan uchrashdi;

✅Jizzax davlat pedagogika universiteti va Qozog‘iston milliy universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan o‘quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy ishlar rejasi ishlab chiqildi;

✅Farg‘ona davlat universiteti va Hindiston oliygohlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm, farmatsevtika yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi;

✅Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektoriga “Shinjon tibbiyot universiteti faxriy professori” unvoni berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤2