Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chellenj #stop_korrupsiya

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodkorlaridan ijtimoiy rolik


Befarq bo‘lmang, agar oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch hamda +998555200808 (282, 179) telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤5🔥2🎉2
#TA’ZIYA

Akademik Temurjon Nosirov vafot etdi

Elektroenergetik tizimlarning rejimlarini tahlili va nazariyasi boʻyicha yirik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Nosirov Temurjon Xayrullayevich 2024-yilning 12-noyabr kuni 83 yoshida vafot etdi.

Olim elektroenergetik tizimlarning normal va avariya rejimlarini kompleks tahlil usullarini yaratish va umumlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi marhumning yaqinlari, doʻstlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤4🤔2🔥1👏1
#e’lon

⚡️ 1 000 nafar talaba-o‘quvchilarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda

🔰 Iqtidorli yoshlarning chet tilini oʻrganishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS granti — 2024” tanlovi o‘tkaziladi.

Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan magistratura va bakalavr bosqichi talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar 30-noyabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)

❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.


👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @Registan_IELTS_bot
👉 @Registan_IELTS_bot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍69🔥7❤6👏3🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuda COP29 Jahon yetakchilari sammitida ishtirok etmoqda

Tashrif dasturida O‘zbekiston yetakchisining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Mamlakatimiz Prezidenti, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

COP29 doirasida delegatsiyamiz tomonidan yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llanishga qarshi kurashish, ekologik ta’limni rivojlantirish hamda iqlim kun tartibini ilgari surishda yoshlarning o‘rniga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbirlar o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30🔥10❤5😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_nutqi #COP29

O‘zbekiston umumiy farovonlik va “yashil” taraqqiyot yo‘lida ochiq muloqot va sheriklikka doim tayyor


Prezident Sh.Mirziyoyev global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish maqsadida qator tashabbuslarni ilgari surdi:

🔠Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim xatarlarini aniqlash uchun yetakchi davlatlar va xalqaro institutlarning texnik ko‘magini kengaytirish dolzarbdir. Bu borada Iqlim tufayli yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha xalqaro markaz ta’sis etishni taklif qilamiz.

🔠Ikkinchidan, transchegaraviy suv resurslari ifloslanishining oldini olish va barqaror bioxilma-xilligini saqlashda yagona yondashuvlar zarur. Mintaqamiz misolida aytib o‘tmoqchimanki, bir avlod ko‘z o‘ngida Orol dengizining butunlay yo‘qolishi sayyoramiz miqyosidagi fojiaga aylandi. Shu o‘rinda biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani ishlab chiqish tarafdorimiz.

🔠Uchinchidan, ko‘p tomonlama yetakchi tuzilmalar ishtirokida o‘simliklarning iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini ishga tushirishni reja qilganmiz. Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar uchun yurtimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining innovatsion agrosanoat habini yaratish tashabbusini ilgari suramiz.

🔠To‘rtinchidan, iqlim o‘zgarishlaridan zarar ko‘rayotgan megapolis va shaharlarning barqaror rivojlanishi bo‘yicha ilg‘or bilim va amaliyotlar transferi uchun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini tashkil etishni va uning birinchi forumini Toshkentda o‘tkazishni taklif qilamiz.

🔠Beshinchidan, kelgusi yil 15-may – Xalqaro iqlim kunida Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkaziladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar global yoshlar festivalida davlatlaringiz vakillarini kutib qolamiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥2👏1
#yashil_kelajak #marafon #dayjest
10.11-12.11.2024

🌿Respublikamizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.


➖Namangan davlat pedagogika instituti;

➖Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

➖Toshkent davlat yuridik universiteti;

➖Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

➖Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;

➖Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti;

➖Buxoro davlat universiteti;

➖Toshkent davlat texnika universiteti;

➖Urganch davlat universiteti;

➖Urganch davlat pedagogika instituti;

➖Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖Andijon mashinasozlik instituti;

➖Milliy estrada san’ati instituti;

➖Buxoro davlat pedagogika instituti;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;

➖Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;

➖Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖Farg‘ona davlat universiteti;

➖Guliston davlat universiteti;

➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➖Toshkent gumanitar fanlar universiteti;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali;

➖Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;

➖Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➖O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;

➖Toshkent davlat agrar universiteti;

➖Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤2🔥2
#mutolaa

Oppoq qorlar, onam va koinot (hikoya)


Osmon cheksiz… Unga qo‘l yetmaydi. Ona… unga ham qo‘l yetmaydi. Lekin koinot juda uzoq, mavhum va sovuq, ona esa yaqin…mehrli…o‘tli… “Ona sayyorasi” biz bilan, bizlar bilan bo‘lishi kerak. Bir kun kelib oliy musavvir yaratgan yangi bir sayyorani axtarib, uni topgach (bunga ishonaman), unga “Ona sayyorasi” deb nom beraman. Ona – mehr va tinchlik sayyorasi bo‘ladi…

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Innoweek_2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan “InnoWeek-2024” doirasida AKT-energetika-transport infratuzilmasini birgalikda qo‘llashni rag‘batlantirish orqali Shimoliy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida hamkorlik imkoniyatlarini kuchaytirish loyihasi taqdimoti bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Unda xorijiy davlatlar vakillari va xalqaro toifadagi ekspertlar, ESCAP va UNECE kotibiyati vakillari, innovatsion startaplar va texnologik kompaniyalar, tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤2🔥2👏2😱2
#press_klub

13-noyabr
soat 15:00 da Xalqaro press-klubning “Kasbiy ta’lim: mahalliy va xalqaro tajribalar” mavzusidagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Moderatorlar:
Jaloliddin Usmonov, Nafosat Davlatova

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥3👏2
Hurmatli tizim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar!

2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barchani ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishini so‘raydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍46👏4❤3🔥2🎉2
#vazir_yoshlar_uchrashuvi #Samarqand

Oliy ta’lim vaziri Samarqandda talabalar bilan uchrashdi


Samarqand davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Vazir yoshlarning ishga joylashish, innovatsion loyihalari va rivojlangan mamlakatlar zamonaviy texnologiyalarini yurtimizda ham joriy qilish, ta’lim jarayoniga yo‘naltirish borasidagi takliflarini eshitdi.

Xususan, uchrashuvda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi Rayhona Anorboyeva talaba qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” va yigitlar o‘rtasida “Temurbeklar” loyihasini tashkil etish taklifini berdi. Shuningdek, turdosh yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yozgi lager” loyihasini amalga oshirish tashabbusi ham ilgari surildi.

Tashabbuslar vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, bu loyiha tajriba sifatida birinchi marta Samarqandda tashkil etilishini ma’lum qildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43🔥4😁3🎉2😱1