Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#e’tirof

Vazir o‘rinbosari “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi 

“16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati joriy yilning 15-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida bir guruh hamyurtlarimiz “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. 

Tadbirda turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari va diniy konfessiya vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, yurtimizda millatlararo do‘stlik va diniy bag‘rikenglik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan hamyurtlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev yuksak mukofotga sazovor bo‘lganlarni samimiy muborakbod etib, bugun yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan hamyurtlarimizga katta muvaffaqiyatlar tiladi va yuksak mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi. 

Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ham ana shunday e’tibor va ehtiromga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentabrdagi qarori bilan ta’sis etilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤2🔥2👏2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #jadidchilik

Tilda, fikrda va ishda birlik!

Ushbu g‘oya ostida faoliyat olib borgan jadidchilik harakati namoyandalarining millat va ma’naviyat ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida xabardormisiz?

Ma’lumot uchun: Jadidchilik – davlat, tuzum, boshqaruvni isloh etish va millatni rivojlantirish orqali jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qo‘ygan hamda aniq amaliy tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyalar tizimi.


😎 “Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤1
Nukus davlat pedagogika institutida Ajiniyoz muzeyi tashkil etildi

Bugun, 15-noyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining 200 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa mamlakatlardan mashhur olimlar, professorlar, nuroniy ustozlar, adabiyotga ixlos qoʻygan yoshlar ishtirok etdi.

Ochilish marosimi ishtirokchilari muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, uni tashkillashtirishda mehnat qilgan fidoiy insonlarga minnatdorlik bildirdi. Mehmonlar muzeyning esdaliklar kitobiga oʻzlarining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

Muzeyning ochilish marosimi “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” mavzusidagi millatlararo totuvlik hamda bagʻrikenglik bayramiga ulandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27675

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤4🥰1👏1🎉1
#Jamoatchilik_kengashi

Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘iish davomida 2024-yilning 3-choragida kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarkibdagi oʻzgarishlar, yangi aʼzolar, kelgusida Kengash faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilash, shuningdek, ijtimoiy loyihalar tanlovi asosida kelib tushgan loyihalarni amalga oshirish imkoniyati, vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga xulosa berish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27680

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥3❤1😁1🎉1