Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar #kasbiy_ta’lim

Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari uchun navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi


Xorazm viloyatida o‘tkazilgan ushbu seminar Prezidentning PF-158-son (16.10.2024-y.) Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlandi.

Unda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish hamda uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta’minlash hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish, o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash jarayonlariga manfaatdor vazirlik va idoralarni keng jalb qilish, ularning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, o‘quv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, turli darajadagi kasbiy ta’lim dasturlarining o‘zaro muvofiqligi va uzviyligini ta’minlash kabi yo‘nalishlardagi vazifalar, ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Seminarda 43 ta kasbiy ta’lim muassasasining direktor va direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida Prezident farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlashda barcha rahbarlar mas’uliyati yanada oshgani alohida ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥1🤔1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие и выступит на первом после парламентских выборов заседании Сената Олий Мажлиса.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤3🔥1
#Vazir_yoshlar

Vazir Xorazmdagi talabalar bilan uchrashib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi


18-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Urganch davlat universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yoshlar bilan o‘tgan samimiy muloqotda ta’lim sifatini oshirish, ish bilan ta'minlash, turli o'quv, ilmiy-amaliy, ijtimoiy, innovatsion loyihalarda ishtirok etish, yotoqxonalar sonini oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish borasidagi savollariga javob berildi.

Shuningdek, yoshlarning “Hemis” axborot tizimini takomillashtirish, talabalarni har 6 oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda turizmni rivojlantirish borasidagi takliflari tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27874

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤5🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi

📹 Muhandis kadrlar tayyorlash va yangi imkoniyatlar Andijon mashinasozlik instituti misolida

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤5🔥1
#xizmat_safari #vazir #kasbiy_ta’lim

Kasbiy ta’lim muassasalari Prezident farmoni asosida kadrlar tayyorlashga qay darajada hozirlik ko‘rmoqda?


Xabaringiz bor, Prezidentning 158-son farmoni (16.10.2024-y.) bilan kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Ushbu vazifalar ijrosi hamda yangicha tizim asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash borasidagi hozirliklarni joyida borib ko‘rish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorazm viloyatidagi tuman va shahlarda joylashgan 10 ga yaqin kasbiy ta’lim muassasalarida bo‘ldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27875

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤1🔥1