Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

“Qizlar ibosi- millat libosi” koʻrik tanlovida ishtirok eting!


Tanlovda barcha oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari qatnashishlari mumkin. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.

Birinchi bosqichda ishtirokchilar bugungi zamonga mos milliy, zamonaviy, yoshlarga xos milliy libos obrazida 1 daqiqali qisqa video tayyorlab, Instagramdagi @uzbekligim_ va @eduuzofficial sahifalarini belgilagan holda oʻz sahifasiga joylashtirishi kerak.

Video materiallar 25-noyabrdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Ikkinchi bosqichga saralab olingan tanlov ishtirokchilari tanishtiruv, viktorina, chuchvara tugish va adabiy-badiiy chiqish kabi shartlarda bellashadilar.

Tanlov gʻoliblariga qimmatbaho sovgʻalar diplom va sertifikatlar beriladi!

Tanlovning ikkinchi bosqichi 28-dekabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

💾 Tanlov nizomi

IJTIMOIY TARMOQLAR✅

📺YouTube 📱Instagram
🕊Telegram 📱Facebook


😎Bizni kuzatishda davom eting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🤔4🔥1😁1😱1
Edu.uz pinned a photo
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

27-noyabr kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤3🔥1
✅ #Olimlar_minbari
#18–24.11.2024

📰 Olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Milliy tafakkur tanazzuli...” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

«Экологический баланс: нельзя допустить его нарушения» — Ахмед РЕЙМОВ, ректор Каракалпакского государственного университета имени Бердаха, академик;

“Muhandislik kelajagi. Muammolarga barham bermay, yutuqlar haqida o‘ylash xato”— Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

“Jahon savdo tashkiloti: ishbilarmonlar uchun beqiyos imkoniyat” — Muhiddin PO‘LATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori;

“Dual ta’lim talabani porloq kelajak uchun bilim va ko‘nikmalar bilan maqsadli harakat qilishga undaydi” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

“Mehnat barometri: kasbiy bandlikni baholash O‘zbekistonga qanday naf keltiradi?” — Sherzod MUSTAFAQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

“Sun’iy intellekt, uning mahsulidan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga putur yetishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur” — Zohidjon G‘OFUROV, Qo‘qon universiteti direktori, dotsent;

“Ilm-fan insonni ham, jamiyatni ham yuksaltiradi” — Barno ABDULLAYEVA, Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori, professor;

«Новые импульсы для усиления процессов демократизации в Узбекистане» — Ранохон ТУРСУНОВА, преподаватель УМЭД, доктор исторических наук.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥1
#natija #attestatsiya

Akademik litsey va kasbiy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalari e’lon qilindi


18–23-noyabr kunlari pedagog.edu.uz sayti orqali hujjat topshirgan oʻrta maxsus (akademik litsey) va kasbiy taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.

Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz saytida pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi.

Test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar 10 kun ichida (25-noyabrdan 5-dekabrga qadar) apellatsiya2024@edu.uz elektron manzili orqali murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: murojaatda aynan qaysi savollarga eʼtiroz borligi aniq ko‘rsatish so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥2
#xalqaro_anjuman

Dunyo stomatologlari Samarqandda jam bo’ldi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Stomatologik kasalliklar profilaktikasi va davolashdagi zamonaviy yondashuvlar” nomli xalqaro stomatologlar kongressida respublikamiz hamda AQSh, Rossiya, Fransiya, Bolgariya, Misr, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi o’ndan ziyod mamlakatlardan 300 dan ortiq soha vakillari ishtirok etdi.


Kongress doirasida stomatologiyaning dolzarb muammolari, yangi ilmiy va amaliy yutuqlar aks etgan ma’ruzalar, mahorat darslari tashkil etildi.

Shuningdek, anjuman davomida “Somatik kasalliklarning oldini olish stomatologik profilaktika sifatida”, “Periodontologiyada raqamli yechimlar va klinik koʻnikmalarning sinergiyasi”, "Subperiostal implantlar – oʻtmish, bugun va kelajak”, “Zamonaviy stomatologiyada mikroskoplarning oʻrni” va boshqa shu kabi mavzular yuzasidan maʼruzalar tinglanib, fikr va mulohazalar almashildi.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤4🔥2🤔1
#xalqaro_hamkorlik #xalqaro_anjuman

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining delegatsiyasi 19–23-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan “Butunjahon kasb-hunar va texnik ta’limni rivojlantirish konferensiyasi”da ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda 40 dan ortiq davlatlarning kasbiy ta’lim sohasida siyosat yurituvchi ta’lim vazirliklari vazirlari va vazir o‘rinbosarlari, shuningdek Xitoy kollejlari rahbarlari, kompaniyalar  ishtirok etgan mazkur konferensiyasi va uning doirasidagi yalpi yig‘ilishlarda O‘zbekiston vakillari ma’ruza va takliflar bilan qatnashdi.

Konferensiya yakunida jahon kasbiy ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan Tyanjin konsensusi qabul qilinib, unda kasbiy ta’limda yashil ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash, ta’limga malakali pedagoglarni jalb yetish va kasbiy ta’lim olishda xotin-qizlar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yetarli sharoit yaratish bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi ilgari surgan takliflar ham o‘rin oldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28527

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤2🔥1
#xizmat_safari #vazir

Bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi bo‘yicha quyi reytingda bo‘lgan maktablarga metodik yordam berish kuchaytiriladi

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan vazirlarga hududlarning eng quyi bo‘g‘ini bilan samarali ishni tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

25-noyabr kuni Vazir hududdagi mas’ullar, oliygoh rektorlari hamrohligida bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi bo‘yicha quyi reytingda bo‘lgan Oltinsoy tumanidagi 30-, 43- va 48-sonli maktablarda bo‘lib, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan o‘quv jarayonlari, oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan metodik yordam bilan tanishib, bu borada qilinadigan ishlar yuzasidan o‘qituvchilar fikrini tingladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28533

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤4🔥3