Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_anjuman

Dunyo stomatologlari Samarqandda jam bo’ldi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Stomatologik kasalliklar profilaktikasi va davolashdagi zamonaviy yondashuvlar” nomli xalqaro stomatologlar kongressida respublikamiz hamda AQSh, Rossiya, Fransiya, Bolgariya, Misr, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi o’ndan ziyod mamlakatlardan 300 dan ortiq soha vakillari ishtirok etdi.


Kongress doirasida stomatologiyaning dolzarb muammolari, yangi ilmiy va amaliy yutuqlar aks etgan ma’ruzalar, mahorat darslari tashkil etildi.

Shuningdek, anjuman davomida “Somatik kasalliklarning oldini olish stomatologik profilaktika sifatida”, “Periodontologiyada raqamli yechimlar va klinik koʻnikmalarning sinergiyasi”, "Subperiostal implantlar – oʻtmish, bugun va kelajak”, “Zamonaviy stomatologiyada mikroskoplarning oʻrni” va boshqa shu kabi mavzular yuzasidan maʼruzalar tinglanib, fikr va mulohazalar almashildi.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤4🔥2🤔1
#xalqaro_hamkorlik #xalqaro_anjuman

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining delegatsiyasi 19–23-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan “Butunjahon kasb-hunar va texnik ta’limni rivojlantirish konferensiyasi”da ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda 40 dan ortiq davlatlarning kasbiy ta’lim sohasida siyosat yurituvchi ta’lim vazirliklari vazirlari va vazir o‘rinbosarlari, shuningdek Xitoy kollejlari rahbarlari, kompaniyalar  ishtirok etgan mazkur konferensiyasi va uning doirasidagi yalpi yig‘ilishlarda O‘zbekiston vakillari ma’ruza va takliflar bilan qatnashdi.

Konferensiya yakunida jahon kasbiy ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan Tyanjin konsensusi qabul qilinib, unda kasbiy ta’limda yashil ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash, ta’limga malakali pedagoglarni jalb yetish va kasbiy ta’lim olishda xotin-qizlar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yetarli sharoit yaratish bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi ilgari surgan takliflar ham o‘rin oldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28527

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤2🔥1
#xizmat_safari #vazir

Bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi bo‘yicha quyi reytingda bo‘lgan maktablarga metodik yordam berish kuchaytiriladi

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan vazirlarga hududlarning eng quyi bo‘g‘ini bilan samarali ishni tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

25-noyabr kuni Vazir hududdagi mas’ullar, oliygoh rektorlari hamrohligida bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi bo‘yicha quyi reytingda bo‘lgan Oltinsoy tumanidagi 30-, 43- va 48-sonli maktablarda bo‘lib, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan o‘quv jarayonlari, oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan metodik yordam bilan tanishib, bu borada qilinadigan ishlar yuzasidan o‘qituvchilar fikrini tingladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28533

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤4🔥3