Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#targ‘ibot #ta’lim #turizm

Lissabonda “O‘zbekiston kunlari” doirasida — O‘zbekistonning tarixi, boy madaniyatini aks ettiruvchi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida Farg‘ona politexnika instituti tomonidan o‘tkazildi.

Tadbirda Portugaliyaning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, Evora universiteti rahbariyati va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari kuylandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤2🔥1👏1
#seminar #vazir #Kasbiy_taʼlim

⚡️Kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan ushbu tadbir Prezidentning PF-158-son (16.10.2024-y.) Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlanib, unda viloyatdagi barcha 50 dan ortiq oliy hamda kasbiy ta’lim muassasalarining 200 nafarga yaqin rahbar va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, Farmondagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta’minlash hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish, manfaatdor vazirlik va idoralarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, o‘quv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, turli darajadagi kasbiy ta’lim dasturlarining o‘zaro muvofiqligi va uzviyligini ta’minlash kabi yo‘nalishlardagi vazifalar, ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28614

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤5🔥1
#xizmat_safari #jarayon

Vazir o‘rinbosari Farg‘onada doktorantlar bilan uchrashib, taklif va mulohazalarini tingladi. Shundan so‘ng, xalqaro anjumanda ishtirok etdi


26-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning Farg‘ona viloyatiga xizmat safari davomida dastlab Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialining ilmiy izlanuvchilari, tadqiqotchi hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Shundan so‘ng, O.Mahkamov Qo‘qon universitetida bo‘lib o‘tgan “Ahmad Farg‘oniyning dunyo astronomiya ilmiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28619

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kitob_sharhi #tavsiya

Farzandnoma

Kitobda oilaviy muhitni sog‘lom saqlash, bolaga mehr ko‘rsatish va uni ma’naviy barkamol qilib voyaga yetkazishning eng nozik jihatlari yoritilgan.

📹Kitob sharhi bilan batafsil videolavhada tanishing

“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32🔥3🎉2
#xizmat_safari #Vazir_va_yoshlar #TTJ

Vazir yotoqxonada turuvchi talabalar bilan uchrashib, ularni holidan xabar oldi

26-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Termiz davlat pedagogika institutining 2 ta 1500 o‘rinli o‘quv binosi va davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan 2 ta 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida qurilish rahbari va boshqa mas’ullar bilan suhbatlashib, ushbu obyektlar sifatli, foydalanuvchilar uchun qulay hamda belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, institutning asosiy hovlisida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat o‘tqazildi.

Bundan tashqari vazir 1-sonli yotoqxonada bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishib, hunarmandchilik ishlari e’tirof etildi.

Shuningdek, Q.Sharipov bir guruh iqtidorli, faol talabalar bilan uchrashib, yoshlarning taklif va loyihalarini tingladi. Muloqot yakunida eng chiroyli savol mualliflariga kitob hadya qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤3🔥1