Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #jarayon

Vazir o‘rinbosari Farg‘onada doktorantlar bilan uchrashib, taklif va mulohazalarini tingladi. Shundan so‘ng, xalqaro anjumanda ishtirok etdi


26-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning Farg‘ona viloyatiga xizmat safari davomida dastlab Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialining ilmiy izlanuvchilari, tadqiqotchi hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Shundan so‘ng, O.Mahkamov Qo‘qon universitetida bo‘lib o‘tgan “Ahmad Farg‘oniyning dunyo astronomiya ilmiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28619

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kitob_sharhi #tavsiya

Farzandnoma

Kitobda oilaviy muhitni sog‘lom saqlash, bolaga mehr ko‘rsatish va uni ma’naviy barkamol qilib voyaga yetkazishning eng nozik jihatlari yoritilgan.

📹Kitob sharhi bilan batafsil videolavhada tanishing

“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32🔥3🎉2
#xizmat_safari #Vazir_va_yoshlar #TTJ

Vazir yotoqxonada turuvchi talabalar bilan uchrashib, ularni holidan xabar oldi

26-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Termiz davlat pedagogika institutining 2 ta 1500 o‘rinli o‘quv binosi va davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan 2 ta 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida qurilish rahbari va boshqa mas’ullar bilan suhbatlashib, ushbu obyektlar sifatli, foydalanuvchilar uchun qulay hamda belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, institutning asosiy hovlisida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat o‘tqazildi.

Bundan tashqari vazir 1-sonli yotoqxonada bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishib, hunarmandchilik ishlari e’tirof etildi.

Shuningdek, Q.Sharipov bir guruh iqtidorli, faol talabalar bilan uchrashib, yoshlarning taklif va loyihalarini tingladi. Muloqot yakunida eng chiroyli savol mualliflariga kitob hadya qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi #muhandislik

📹 Vazifa va ijro: muhandislik sohalarida malakali kadrlar tayyorlash Toshkent arxitektura-qurilish universiteti misolida

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤1🔥1
#xizmat_safari #vazir

Surxondaryoda muhandis kadrlar tayyorlovchi oliygoh salohiyati qay darajada?

26-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bo‘lib, oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Jumladan, registrator ofisi, laboratoriya xonalari hamda qurilishi mo‘ljallangan yangi 1000 o‘rinli bino va 2 ta laboratoriya uchun mo‘ljallangan qurilish obyektlari ko‘zdan kechirilib, universitetda tashkil etilgan “FOOD TSEAU” MChJ kichik innovatsion korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan non mahsulotlarining sifatiga baho berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28623

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤2🔥2🥰1