Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37❤7🔥3🤔1😱1
#Topshiriq_ijrosi

Ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha iqtisodiy oʻqish tashkil etildi


30-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari hamda oliy taʼlim muassasalari xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev ochib berdi.

Iqtisodiy oʻqish ijro intizomi tizimini takomillashtirish va ish jarayonini yanada samarali tashkil etishga qaratildi. Tadbirda Adliya vazirligi, “Unicon soft” mutaxassislari ijro intizomini mustahkamlash, “Ijro.gov.uz” va “Edo.ijro.uz” elektron tizimining oʻrni, ahamiyati hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tartibidagi yangiliklar, o‘zgarishlar haqida maʼruza qilib, sohadagi masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29027

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤4🔥3🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi #dual_taʼlim

🖥🖥🖥 Dual ta’lim: nazariya va amaliyot uyg‘unligi Buxoro viloyatidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari misolida

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥5👏3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_yangiliklari #sharh

Prezidentning “Andijon davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga sharh


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥2👏2
#hududlar #muammo_yechim

Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish va aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida oliygohlar faoliyati hududlarga yo‘naltirilmoqda


Professor-o‘qituvchilar va ishchi guruh a’zolari mahalliy hokimliklar, mahalla fuqarolari bilan muloqot qilgan holda joylarda muammolarni aniqlash va ularga yechim taklif qilishga qaratilgan faoliyat olib bormoqda.

Quyida oliy ta’lim muassasalarining hududlardagi faoliyati tafsilotlari bilan tanishing:

➖Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Nukus tumanida bo‘lib, tuman hokimligi va mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi;

➖Nukus davlat pedagogika instituti ishchi guruhi aʼzolari Ellikqalʼa tumanida aholining yashash sharoitlarini o‘rganmoqda;

➖Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori boshchiligidagi ishchi guruh Nukus tumani “Ulgili makon” OFY aholisi bilan ochiq suhbat tashkil qildi;

➖Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti vakillari Kegeyli tumanidagi “Baxtli” MFYda yashovchi aholi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni muhokama qildi;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali tomonidan Nukus tumani “Kerder” MFY, “Baqanshaqli” OFYda o‘rganish ishlari amalga oshirildi;

➖O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari Taxiatosh tumanining qator mahallalarida bo‘lib, aholi bilan suhbatlar tashkil etilib, ijtimoiy muammolari o‘rganildi;

➖Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti ishchi guruhi a’zolari Xo‘jayli tumani aholisi bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi;

➖O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali vakillari Qorao‘zak tumani aholisi bilan uchrashib, tumanning ijtimoiy muammolarini hal etish yuzasidan fikr almashishdi;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali ishchi guruhi a’zolari Ellikqalʼa tumanida bo‘lib, aholi yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi;

➖O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali tomonidan To‘rtko‘l tumanida professional ta’lim muassasalarini o‘rganish ishlari olib borildi;

➖Nukus innovatsion instituti Taxiatosh tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boshpanasiz oilalar uchun yangi uylar qurilishi tashabbusini amalga oshirmoqda.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27😁17🔥3❤2😱2