Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #vazir #kasbiy_taʼlim

Qoraqalpog‘istondagi kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar yetarlimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 4-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida qator kasbiy ta’lim muassasalari faoliyatini ko‘zdan kechirib, topshiriqlar ijrosi va istiqbolli rejalar bilan tanishdi.

Xususan, Xo‘jayli tumani hokimi Jenis Yermashev hamrohligida Xo‘jayli tuman kasb-hunar maktabida “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar uchun tashkil etilgan tikuvchilik kursi hamda Taxiatosh tumanidagi Taxiatosh tuman kasb-hunar maktabida ta’lim jarayoni va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29438

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤7🔥1
#rasmiy #qishki_taʼtil

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.
—

⚡️Зимние каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря

В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций зимние каникулы, предоставляемые студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлены с 25 декабря 2024 года по 7 января 2025 года (включительно).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍157😱35❤17🎉9🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

O‘qi!


Bilim olish jarayonida bahonalar topishdan oldin buni tomosha qilishni tavsiya qilamiz. Rolik talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.

🌎Ibrat farzandlari jamoasining ushbu ijod mahsuli talaba-o‘quvchilarga ajoyib chaqiriq bo‘libdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍116🔥20❤13👏2😁2
#xizmat_safari #vazir #tayinlov

Nukus davlat pedagogika instituti rektori hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tayinlandi

5-dekabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga Kuvondik Ayitbayevich Kadirov tayinlanganligi o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan Muxtar Mamutovich Ibragimov ham jamoaga tanishtirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29525

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍47❤4🎉4🔥1👏1