Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

“DARYA” loyihasi doirasidagi kelgusi ishlar kelishib olindi 

2024-yil 4–5-dekabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa Ta’lim Fondining “DARYA” loyihasi ishtirokchilarining yuqori darajadagi vakillari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan tashrif buyurgan delegatsiyalar, Yevropa Ta’lim Fondining rahbari Pilvi Torsti xonim va “DARYA” loyihasi mas’ullari ishtirok etdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev “DARYA” loyihasi doirasida bugunga qadar amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan ushbu loyiha doirasida yoshlar uchun yangi ta'lim va ishga joylashish imkoniyatlarini yaratishning muhimligini alohida qayd etdi.

Loyiha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda yoshlarning kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, loyiha doirasida tashkil etilgan yangi kurslar, treninglar va amaliyotlar yoshlar uchun xalqaro darajadagi ta'lim resurslari va metodikalarga kirish imkoniyatini yaratadi.

Tadbir ishtirokchilari yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, kasbiy ta’lim sohasida yoshlar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirish va mehnat bozori ehtiyojlariga mos keluvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo'yicha kelgusi qadamlarni kelishib oldilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29541

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥1👏1
#mutolaa

“Tosh” (hikoya)


Ushbu hikoyaga “Yovuzlikning tugʻilishi” deb ham qarash mumkin. Hikoyada yovuzlikning ildizlari va uning shakllanish jarayoni chuqur tahlil qilinadi. Odamlar orasidagi munosabatlar, ichki ziddiyatlar va jamiyatdagi adolatsizliklar insonni yovuzlikka olib kelishi mumkinligi ramziy tarzda ochib berilgan.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤4🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#targ‘ibot #ta’lim #turizm

Braziliya universitetlarida O‘zbekiston ta’lim va madaniyati kunlari o‘tkazildi


2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarda Braziliyaning Sao Paulo, Parana va Kampinas universitetlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirlar davomida yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” deb nomlangan taqdimot, milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari kuylandi.

Tashrif davomida, ushbu universitetlar bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandumlar imzolandi.

Ushbu hujjatlarga ko‘ra, universitet professor-o‘qituvchilar mazkur oliygohlarda o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil qilish va talabalar esa borib tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ma’lumot o‘rnida: Sao Paulo universiteti QS xalqaro reytingida Top-100, Kampinas universiteti esa, Top-250 universitetlar ro‘yxatidan joy egallagan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30🔥2❤1
#xizmat_safari #dual_ta’lim

Andijonda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar ko‘rib chiqildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti mas’ul xodimlari xizmat safari doirasida Andijon viloyatida bo‘lishdi. Safar davomida korxona va tashkilotlarda o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida o‘qitish holati hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, Andijon viloyatidagi barcha kasbiy ta’lim tashkilotlarining 150 nafar direktor va o‘rinbosarlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son Farmoni mazmun-mohiyati hamda Farmondagi ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29556

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥1
#dayjest #Maʼrifat_ulashib

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda
✅Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

✅Jizzax politexnika instituti;

✅Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

✅Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;

✅Turan xalqaro universiteti;

✅Namangan muhandislik-qurilish instituti;

✅Jizzax politexnika instituti;

✅Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali;

✅Farg‘ona davlat universiteti;

✅Termiz davlat universiteti;

✅Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali;

✅Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

✅Farg‘ona politexnika instituti;

✅Namangan muhandislik-qurilish instituti;

✅Osiyo xalqaro universiteti;

✅O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

✅Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;

✅Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali;

✅Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

✅Namangan davlat pedagogika instituti;

✅Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

✅Andijon davlat pedagogika instituti;

✅O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

✅Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

✅Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

✅Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;

✅Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali;

✅Toshkent davlat agrar universiteti;

✅Qarshi davlat universiteti;

✅Buxoro davlat pedagogika instituti;

✅Namangan davlat chet tillari instituti;

✅Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

✅Qoraqalpoq davlat universiteti;

✅“University of Business and Science” universiteti;

✅Samarqand davlat tibbiyot universiteti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤3🎉2🔥1😱1