Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#ilmiy_loyihalar_tanlovi

🟦🟦🟦

Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro qo‘shma tanlovi

Tanlov 17 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 14-martga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤4🔥2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlarforumi2024 #Vazir_yoshlar_uchrashuvi

😎Ayni damda Yoshlar ijod saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37❤7🥰2👏2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖌 Ogahiy tavalludiga 215 yil to‘ldi

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida “Muhammadrizo Ogahiy ijodining bugungi avlod taʼlim va tarbiyasidagi beqiyos o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjuman tafsilotlari Xorazm MTRKning “Assalom, Xorazm!” dasturida.

Ogahiy Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining ijodkori va peshqadami edi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤4🔥2👏1
#Yoshlarforumi2024 #Vazir_yoshlar

Vazir yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

17-dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 300 dan ortiq faol yoshlar, jumladan, talabalar, yosh olimlar, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ijodiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ilmiy izlanishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan ochiq muloqot tarzida oʻtdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/30604

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤5🔥3😁3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

🔰 Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorining ikkinchi va uchinchi ilovalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar test sinovi topshirishi belgilangan.

📆 Shu maqsadda 2024-yil 17-dekabr kuni Bilimni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

🎓 Test sinovida oliy ta’lim muassasalarining doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan 68 nafar talabgorning 64 nafari ishtirok etdi.

✅ Unda talabgorlarning chet tillari, axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi.

📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34👏4🎉3
#dayjest #korrupsiyaga_qarshimiz

Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha dayjest


➖Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining yoshlarda “halollik vaksinasi”ni singdirishdagi ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi;

➖Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati;

➖Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali akademik litseyida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan targ’ibot tadbirlari va ularning ahamiyati borasida davra suhbati;

➖Urganch innovatsion universitetida “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir;

➖Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlarni jamoatchilik nazorati, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga jalb qilish” mavzusidagi seminar-trening;

➖O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida profilaktik-tushuntirish tadbiri;

➖Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati;

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

➖O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

➖Namangan davlat chet tillari institutida #Stop_korrupsiya heshtegi ostida chellenj;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universitetida #stop_korrupsiya chellenji;

➖Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

➖Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Korrupsiya – ta’lim va taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir;

➖Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bilimlar bellashuvi;

➖Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida #stop_korrupsiya chellenji;

➖Namangan to‘qimachilik sanoati institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv;

➖О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Korrupsiya qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri;

➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir” mavzusida ochiq eshiklar kuni;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha” mavzusida tadbir;

➖Farg‘ona davlat universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi” ning hududiy bosqichi;

➖Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

➖Guliston davlat universitetida “Korrupsiya – kelajak taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida insholar tanlovi;

➖Termiz davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati;

➖Guliston davlat pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida davra suhbati;

➖Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Korrupsiya: tushuncha, tamoyil va tartib” mavzusida seminar;

➖Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

➖O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida davra suhbati;

➖Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

➖Buxoro davlat pedagogika institutida “Zakovat” intellektual oʻyinlari tanlovi;

➖Qarshi davlat universitetida “Korrupsiyasiz sog‘lom jamiyat sari” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida korrupsiyaga qarshi chellenj;

➖Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

➖Urganch davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

➖TKTI Shahrisabz filialida chellenj.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤3😁2😱2🔥1
Shohida (hikoya)


Agata Kristining “Shohida” hikoyasi insonning koʻr-koʻrona ishonchi va haqiqatni anglash yoʻlidagi keskin burilishlarni mahorat bilan yoritadi. Hikoyada oddiy voqealar ortida yashiringan murakkab sirlar asta-sekin ochiladi. Haqiqat baʼzan kutilmagan shaklda namoyon boʻlishi mumkinligini eslatadigan bu hikoya insoniy tabiat va psixologiyani oʻrganishga undaydi.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤1🔥1🤩1
#xalqaro_aloqalar

Oʻzbekiston va Rossiya: neft-gaz taʼlimi sohasidagi hamkorlik istiqbollari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi delegatsiya Moskvadagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiyani universitet rektori Viktor Martinov qabul qildi.

Uchrashuv davomida rektor delegatsiya aʼzolariga universitetning taʼlim va ilmiy faoliyati, shuningdek, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlari va loyihalari haqida batafsil maʼlumot berdi. Delegatsiya universitetning zamonaviy laboratoriyalari va innovatsiyaga yoʻnaltirilgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, universitetning neft va gaz sanoati uchun yuqori texnologik yechimlar, ekologik toza texnologiyalar va ilgʻor materiallar boʻyicha amalga oshirayotgan ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashrif doirasida Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali faoliyati ham muhokama qilindi. Mazkur filial neft va gaz sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda taʼlimning zamonaviy talablarga mosligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.

Tomonlar filialda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oʻquv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlimni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤4👏3🔥2