Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Jarayon #Universiada_2024 #Shaxmat_shashka

Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2024” sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo‘yicha final bosqichi musobaqalari boshlandi.

Musobaqa final bosqichida Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoadan 56 nafar yigit-qizlar o‘zaro bellashishmoqda.

19-dekabr kuni musobaqaning ochilish marosimi tantanali tarzda tashkil etilib, tadbirda yig‘ilganlar ishtirokchilarga omad tiladi va musobaqaning ilk o‘yinlari o‘tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥2😁1
#natija

⚡️Intellektual olimpiada doirasida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi shashka bahslarining g‘olib va sovrindorlari aniq bo‘ldi

3 kun davom etgan bahslar yakunida quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

Erkaklar o‘rtasida:
🥇-o‘rin: Ismoiljon Ismoilov (Farg‘ona davlat universiteti);
🥈-o‘rin: Javohir To‘xtayev (Jizzax davlat pedagogika universiteti);
🥉-o‘rin: Shohjahon Hikmatillayev (O‘zbekiston Milliy universiteti).

Ayollar o‘rtasida:
🥇-o‘rin: Maftunaxon Umarova (University of science and technology);
🥈-o‘rin: Farangiz Hasanova (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti);
🥉-o‘rin: Nafosat Shukurulloyeva (Jizzax davlat pedagogika universiteti).

PS: Intellektual olimpiada jarayonlari va natijalarini bilish uchun @zakovat kanalini kuzatib boring. O‘yinlar “Zakovat” kanalida jonli efirda ham uzatilmoqda.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4❤3
4️⃣4️⃣4️⃣ #Brifing

Ayni paytda AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida brifing boʻlib o‘tmoqda.

🔹 Brifingni AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

📊 Hozirda respublikamizda 208 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, talabalar soni 1 mln 400 ming nafardan ortdi

AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi:

◾️Ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish maqsadida mazmun jihatidan yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 40 foizgacha maqbullashtirildi. 183 ta ta’lim yo‘nalishi va 546 ta mutaxassislik bo‘yicha malaka talablari, 1 278 ta o‘quv reja va 4 mingdan ortiq o‘quv dasturlari tasdiqlandi.

🔠Bundan tashqari, 7 ta oliygohdagi 39 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Shu bilan birga, Top-500 ga kirgan 9 ta xorijiy oliygoh bilan hamkorlikda 15 ta qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi.

🔠Xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga jalb qilish ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, 4 970 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirdi, 2 510 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb etildi.

🔠Shuningdek, kasbiy ta’lim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. 14 673 nafar ishsiz fuqaro 38 ta kasbga o‘qitildi.

🔠418 ta kasbiy ta’lim tashkilotida 7 677 ta korxona bilan 30,8 ming nafar o‘quvchi 114 ta kasb bo‘yicha dual ta’limga jalb etildi.

🔠Hududlarda 4 ta innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 55 taga yetkazildi.

🔠Oliygohlarda 27 364 o‘rinli talabalar turar joyi va 10 500 o‘rinli o‘quv binolari yaratildi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4❤2🔥1🎉1
#kasbiy_taʼlim

Kasbiy taʼlim muassasalari yangi oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kasbiy taʼlim muassasalarini yangi oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kasbiy taʼlim muassasalari uchun umumkasbiy va maxsus fanlardan 2024/2025-oʻquv yilida 158 nomdagi 138 178 nusxadagi oʻquv adabiyotlar tayyorlanib, oʻquvchilarga foydalanishga topshirildi.

Hozirda ko‘plab kasbiy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv adabiyotlarning taqdimotlari oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun, 2021–2023-yillar davomida 208 nomda 310 882 nusxadagi oʻquv adabiyotlar chop etilib, taʼlim muassasalariga yetkazilgan edi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🤔2❤1🔥1