Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mirziyoyev #tanishuv #YangiToshkent #marifat

Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti uchun zamonaviy majmualar bunyod etilmoqda

Davlatimiz rahbari
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti va “Yangi O‘zbekiston” universiteti binolarining qurilishi bilan tanishdi.

Sh.Mirziyoyev bu majmualarning kelgusidagi ahamiyatiga to‘xtalib, o‘quv jarayonini oqilona tashkil etish muhimligini ta’kidladi.

- Bu ma’rifat maskanlari - yoshlarimizga investitsiya. Ulardagi yo‘nalishlar, dasturlar, ta’lim sifati va kasblarda Yangi O‘zbekistonimizdagi marralar mujassam bo‘lishi kerak. Bugun bilim olayotgan yoshlar kelajakda mamlakatimizni oldinga boshlaydigan, muammolarni hal etadigan “kalit”, - dedi Prezident.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍41❤6🔥4👏2🎉1
#abituriyent2025
#fanlarmajmuasi

⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


👉 Yuklab olish
___

⚡️Утверждён комплекс предметов для приема в бакалавриат высших образовательных учреждений и соответствующих тестов (профессиональный (творческий) экзамен) на 2025/2026 учебный год

Напоминание: При утверждении параметров приема на 2025/2026 учебный год будут дополнительно утверждены комплексы предметов вновь создаваемых образовательных направлений. Также при изменении названия курсов в результате оптимизации образовательных курсов или при создании новых курсов могут быть внесены соответствующие изменения.


👉 Скачать

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍60😱11🔥5👏2😁2
Edu.uz pinned a photo
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘g‘irotboy Sharipov Mongoliyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Unda Mo‘g‘uliston bilan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida universitetlararo aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi takliflar muhokama qilindi. 

Jumladan, ikki davlat oliy o‘quv yurtlarining forum va konferensiyalarini muntazam ravishda o‘tkazish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarda ishtirok etish, Mo‘g‘uliston fuqarolarini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qishloq xo‘jaligi, texnika va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga taklif qilish kabilar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida ikki davlat universitetlarining texnologiya, tibbiyot va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida bevosita hamkorligini rivojlantirish zarurati alohida ta’kidlanib, professor-o‘qituvchilar va talabalarni qo‘shma konferensiya, simpozium va seminarlarda ishtirok etishini ko‘paytirish qo‘llab-quvvatlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤8😁4
#Prezidentimiz #YangiToshkent

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti va "Yangi O‘zbekiston" universiteti binolarining qurilishi bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤3