Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ ⚖️👨‍💻👩‍💻💬

🧪 Toshkent shahridagi Adju universitetida 22-fevral kuni “Aqlli texnologiyalar va tadqiqotlarda innovatsion yondashuv: raqamli kelajakni yaratish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.

🔰Anjuman yo‘nalishlari:
➡️Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikning rivojlanayotgan tendensiyalari.
➡️Qurilish texnologiyalaridagi innovatsiyalar.
➡️Sun’iy intellekt va biznes: sun’iy intellektning biznes jarayonidagi o‘rni.
➡️Raqamli davrda tilning o‘rni.

📃 Batafsil ma’lumot axborot xatida

Qo‘shimcha ma’lumot uchun bu yerga yozing👈

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥3❤2
#yoshlar_siyosati #taqdimot #uslubiy_qoʻllanma

Yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma taqdimot qilindi

28-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari to‘g‘risida” nomli uslubiy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, oliy ta’lim muassasalari prorektorlari va dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.

Mazkur uslubiy qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlarni tizimli o‘tkazish, talabalarni foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, yoshlar orasida giyohvandlik va zararli odatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbir asnosida bu borada hamkorlikda qilinadigan ishlar va mazkur uslubiy qo‘llanmani oliy ta’lim muassasalarida keng tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠💡📚

📣Endi kitob o‘qish juda qulay!

😊 Buning uchun “Mutolaa” mobil ilovasini yuklab, minglab roman, qissa, hikoya va she’rlarni elektron shaklda o‘qish yoki audio shaklda tinglashingiz mumkin.

Ushbu asarlar professional dublyaj aktyorlari tomonidan ovozlashtirilgan. Eng muhimi, audiokitoblar istalgan vaqt, istalgan joyda hamrohingiz bo‘ladi.

Yuklab olish uchun ilovalar bu yerda:

📱Play Market / App Store

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33🔥3❤2👏1😱1
Edu.uz pinned a video
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Italiya: taʼlim, fan va innovatsiyada hamkorlikning yangi bosqichi


2025 yil 28 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Italiyaning Turin shahri meri Stefano Lo Russo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiya sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34387

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤2