Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_rasmiy_tashrifi #Malayziya

Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi arafasida Malayziyadan eksklyuziv reportaj


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘jaev mazkur tashrif arafasida Kuala-Lampurning qoq markazidagi ulkan monitorlar orqali namoyish etilayotgan yurtimiz haqidagi video lavhalar, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda ertaga rejalashtirilgan O‘zbekiston-Malayziya ta'lim forumi yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35❤4😁4🤔1😱1
#jarayon #Malayziya

“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumining asosiy tadbirlari boshlandi

Forumning ochilish marosimini quyidagi link orqali kuzatib borish mumkin: https://www.youtube.com/live/nCzKasxvwoU?si=8FoBw3IJHdB_HLZ3

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤7🔥4👏2🤩1
#jarayon #forum

O‘zbekiston va Malayziya: oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

Bugun “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi ikki davlat madhiyalari ostida tantanali ravishda ochildi.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambry Abdul Kadir so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, tomonlar istiqbolda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirishni qayd etdilar.

Shundan so‘ng forumning madaniy qismi boshlandi. O‘zbekiston va Malayziya san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashib, ikki mamlakat madaniyatini yaqinroq tanishtirishga zamin yaratdi.

Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤5👏2🤔1