Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

⚜️NAVOIY ZIYOSI⚜️ audioinsholar tanlovi

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan oliy va professional ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Navoiy ziyosi” audioinsholar tanlovini e’lon qiladi.

✅Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

🔸1-bosqich audioinsholar (berilgan mavzular bo‘yicha inshoni tayyorlab, audio formatda yuborish kerak);
🔸2-bosqich viktorina (Navoiy hayoti va ijodiga oid test va savollar);

✅Audioinsholar uchun mavzular:

↪️Alisher Navoiy – so‘z sanʼatining gultoji;
↪️Navoiyga ehtirom – millatga ehtirom;
↪️Navoiy asarlarining jahon adabiyotida tutgan o‘rni;
↪️Mir Alisher Navoiy ibratli hayotining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati.

🔹Tashkilotchilar tomonidan audioinsholar ichidan eng yaxshi 50 tasi saralanib, mualliflari 2-bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ladi;
🔹2-bosqichda ishtirokchilarga Alisher Navoiy hayoti va ijodi, asarlaridan tuzilgan 40 ta test hamda savollar beriladi:
🔹Yakunda 2-bosqich bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar tanlov g‘olibi deb topiladi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II, III darajali diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun berilgan mavzular bo‘yicha audioinsho tayyorlab, @AlisherNavoiybot manzili orqali yuborishingiz mumkin. Audioinsholar 9-fevral kuni soat 20:00 ga qadar qabul qilinadi.

🖌Tanlovga qabul qilingan barcha audiomateriallar @talabalar_media_maskani Telegram kanaliga joylab boriladi.

❔ Audioinsho o‘zi nima?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
⭕️⭕️⭕️

📣 “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda!

🗓 Boshlanish sanasi: 18-fevral
⏳ Davomiyligi: 36 soat
▶️ O‘tkazilish shakli: Onlayn

✅ Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan mazkur kurs davomida tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

🎯 Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar (portfolio hamda C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: my.uzbmb.uz/ilmiy-service
🗓 Muddat: 17-fevralgacha
☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤2😁1
#forum #xalqaro_hamkorlik #sessiya

Xalqaro forum doirasidagi sessiyalarda muhim masalalar muhokama qilindi


4-fevral kuni Malayziyaning Perak shtatida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi doirasida qator sessiyalar tashkil etildi.

Jumladan, plenar hamda “Yashil iqtisodiyot” va turizm masalalari”, shuningdek “Sanoat inqilobi 5.0, sun’iy intellekt va metatexnologiyalar” mavzulariga bag‘ishlangan sessiyalarda ikki davlat uchun dolzarb bo‘lgan ilmiy va texnologik masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35043

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤6🔥3👏1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya

O‘zbekiston Prezidenti Malayziyaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤6👏3🤩2🔥1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik kengaymoqda

Ayni kunlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib turibdi.

Ushbu delegatsiya tarkibida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev qator muhim muzokaralar o‘tkazmoqda.

Xususan, Sh. Daliyev va Rossiya Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari K. Molilevskiy o‘rtasidagi uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash maqsadida boradigan fuqarolarni sifatli kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish, ularning rus tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida fikr almashdilar.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi doirasida O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini ochish hamda Rossiyaning yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁5❤4👏3🤔2