Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🟦🟦🟦 4️⃣4️⃣4️⃣

📣Yosh olimlar uchun qulay imkoniyat: “Akademik harakatchanlik” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Ilmiy tadqiqotlaringizni zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy ob’yektlarda amalga oshirishni istaysizmi? Unda “Akademik harakatchanlik” dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Mazkur dastur 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ob’yektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriyalari hamda tajriba-konstruktorlik byurolaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Dasturda ishtirok etish shartlari:
✔️Loyiha ijrochisining yoshi 40 yoshdan oshmasligi;
✔️1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta ilmiy loyiha bilan qatnashishi;
✔️Ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
✔️Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi.

Muhim jihat shundaki, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplanadi.

🗓 Hujjatlar qabul qilish muddati: 28-fevralgacha.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va ariza topshirish uchun:
📞 (71) 203-32-23 (246).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥1👏1🎉1
#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar.

Shuningdek, boshqa sohalar qatorida Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim ham imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤6
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#Sotsiologik_tadqiqot

Yoshlar orasida harbiy xizmat nufuzi o‘rganilmoqda!

🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Mudofaa vazirligi hamkorligida “Bugungi kun yoshlari orasida harbiy xizmat nufuzi (imiji)ni o‘rganish” mavzusida sotsiologik tadqiqot o‘tkazilmoqda.

‼️Tadqiqotning asosiy maqsadi – harbiy xizmatning jozibadorligi, yoshlarning unga bo‘lgan munosabati va harbiy kasblarga qiziqishini o‘rganishdir.

Aziz yoshlar, quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, tadqiqot samaradorligiga o‘z hissangizni qo‘shing!

➡️ So‘rovnomani to‘ldirish uchun havola

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥5👏1
#ilmiy_stajirovka

📣 Farmatsevtika sohasidagi yosh olimlar uchun xalqaro ilmiy stajirovka imkoniyati!

🔰 Innovatsion rivojlanish agentligi farmatsevtika sohasi bo‘yicha xorijga qisqa muddatli ilmiy stajirovka uchun maqsadli tanlov e’lon qildi.

🏅 Tanlov natijalari bo‘yicha 20 nafar yosh olim saralab olinadi va 2025-yil davomida Vengriyaning “Debrecen” universitetiga 30 ish kunlik ilmiy stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.

🗓 Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 5-mart (soat 23:55gacha)
👨‍💻 Arizalar xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi “internship.ilmiy.uz” orqali qabul qilinadi.

🌐 Batafsil ma’lumot: https://innovation.gov.uz/contest/post-1872

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +99871 203-32-23 (655).

📌 Ilm-fan va tadqiqot sohasida o‘sishni istagan barcha yosh olimlarni tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #ishbilarmonlar

Malayziya O‘zbekistonning muhim innovatsion va texnologik hamkoridir.


Rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Kuala-Lumpur shahrida qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤3👏1
#sport #talabalar_musobaqasi #universiada2025

🏸 Universiada–2025: Badminton bo‘yicha Respublika final bosqichi boshlandi.

Hozirda respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada–2025” sport musobaqalari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.


Bugun, 5-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Universiada–2025 sport musobaqalarining badminton turi bo‘yicha Respublika final bosqichi boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu sport musobaqalari nafaqat talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, balki ular o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish va jamoa bo‘lib harakat qilishga xizmat qilayotganini alohida qayd etdilar. Shundan so‘ng, musobaqa jarayonlari boshlandi.

Ushbu bosqichda respublikamizning barcha hududlaridan 120 ga yaqin talabalar yakkalik, juftlik hamda aralash dasturlarda g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Eslatma: Musobaqa ertaga, 6-fevral kuni ham davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9👏4❤2