Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#AlisherNavoiy #Navoiy584
#ehtirom

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi

Bugun buyuk mutafakkir va shoir Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir yakunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi. 

Shuningdek, Adiblar xiyobonida shoir va yozuvchilar, jadidlar xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi. Ushbu tadbirlar kun davomida oliy ta’lim muassasalari tomonidan davom ettiriladi. 

Buyuk mutafakkirga ehtirom bajo keltirish, uning boy adabiy merosini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirlar yosh avlodni Navoiy ijodini chuqur anglashga chorlaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤5😁1
NAVOIYDAN TARALGAN MANGU NAVOLAR

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodiy jamoasi buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab “Navoiydan taralgan mangu navolar” nomli jonli ijrodagi teatrlashtirilgan konsert dasturini taqdim etdi.

Konsertda institut professor-o‘qituvchilari va talabalar Navoiy g‘azallarini kuyga solib ijro etdilar. Shuningdek, shoir hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Dasturda sevgi va vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar ham o‘rin oldi.

Institut rektori N. Sayfullayev konsertni tashkil etishdan asosiy maqsad Navoiyni anglash va anglatish, yana bir maqsad yoshlarni ustozlari bilan bir sahnaga olib chiqish orqali ularga ijodiy tajriba to‘plashlariga, institutda olayotgan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llashlariga imkoniyat yaratish ekanligini, shuningdek, kelgusida bu kabi tadbirlarni yana ko‘proq o‘tkazishni rejalashtirilganini qayd etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤5🔥2😁1