#xizmat_safari
Vazir o‘rinbosari Navoiy viloyatida qurilish obyektlari bilan tanishdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida Navoiy davlat universitetining zamonaviy tipdagi yangi kampusi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Xususan, universitet rahbariyati va quruvchi tashkilot mas’ullari tomonidan jarayonlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari ushbu yangi kampus barpo etilishi orqali talabalar hamda professor-oʻqituvchilar uchun qator qulayliklar yaratilishini bildirdi.
Shu bilan birga, qurilish jarayonida ishchilarning mehnat xavfsizligiga alohida e’tibor berish hamda texnik reglamentlariga qat’iy amal qilish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍35🔥5❤4🤔4
#xalqaro_kun
11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” muborak bo‘lsin!
Har yili 11-fevral sanasida ilm-fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni ulug‘laymiz.
Bugungi kunda oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning qariyb 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ular orasida 737 nafar fan doktori, 4 652 nafar fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) mavjud. Shuningdek, ilmiy unvonlarga ega ayollar soni 3 770 nafarni tashkil etadi.
Oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida ham xotin-qizlar munosib o‘rin egallagan. Xususan, 7 nafar ayol rektor, 45 nafar prorektor, 70 nafardan ziyod xotin-qizlar fakultet dekani sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda 13 214 nafar xotin-qiz oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida tahsil olmoqda. Bu esa umumiy izlanuvchilar sonining 50 foizini tashkil etadi.
Xotin-qizlarning izlanishlari, kashfiyotlari va innovatsiyalari insoniyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ayol tadqiqotchilarni ushbu sana bilan chin dildan tabriklaydi! Yangi yutuqlar, ilmiy muvaffaqiyatlar va kashfiyotlar sizlarning hamrohingiz bo‘lishini tilaymiz. Ilm-fan sohasidagi mehnatingiz yosh avlod uchun namuna bo‘lib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirsin!

👍24🎉8🔥6❤4
#infografika #faoliyat_yanvar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil yanvar oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

👍20👏1
#seminar #kibersport
Yoshlar orasida kibersport ommalashmoqda
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida yoshlar o‘rtasida kibersportni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Bobur Rahimov, shuningdek, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari ishtirok etdi.
Seminar davomida kibersportning ta’lim va texnologiyalar bilan integratsiyasi, uning yoshlar rivojiga ta’siri hamda sohaga oid kelajakdagi istiqbollar muhokama qilindi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kibersport nafaqat o‘yin, balki tezkor fikrlash, jamoaviy ish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mazkur seminar kibersportni ommalashtirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirish va ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bildirildi.

👍23😁4🤔2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftalik #ilmfan #olimalar_kuni
“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligi boshlandi
11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida haftalik boshlandi.
Tadbirning ochilish marosimi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ayol, biznes va innovatsiya” xalqaro forumi doirasida o‘tkazildi. Forum davomida iqtidorli yosh olimalarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga yoshlarni keng jalb etish, ayol-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ayollarning ilm-fandagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Haftalik doirasidagi tadbirlar Respublika bo‘ylab tegishli oliy ta’lim muassasalarida davom ettiriladi.

👍19❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser

#dayjest #Bobur_542
14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda
🔹 Buxoro davlat tibbiyot institutida “Navoiy va Bobur ijodiga nazar” mavzusida zakovat oʻyini;
🔹 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Mushoira” klubi a’zolari tomonidan videorolik;
🔹 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Ajdodlar merosi - yoshlarga ibrat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir;
🔹 Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida talabalar hamda professor-ustozlar tomonidan ruboiylar ijrosi;
🔹 Andijon davlat chet tillari institutida chellenj;
🔹 Namangan davlat chet tillari institutida “Bobur kabi sevgin Vatanni” mavzusida davra suhbati;
🔹 Namangan davlat pedagogika institutida “Boburnoma”dagi geografik ma’lumotlar: qoʻrgʻonlar-yoʻllar-masofalar” mavzusida ilmiy-nazariy seminar;
🔹 Andijon davlat universiteti talabalari tomonidan aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma;
🔹 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda adabiyotshunos olimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;
🔹 Andijon davlat pedagogika institutida “Bobur va uning avlodlari” mavzusida ilmiy-ma’rifiy suhbat;
🔹 Jizzax politexnika institutida “Zahiriddin Muhammad Bobur – adolatli shoh va shoir” mavzusida insholar tanlovi;
🔹 Andijon davlat tibbiyot institutida “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” doirasida tadbir;
🔹 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalarining Oʻsh viloyatiga amaliy tashrifi;
🔹 SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 14-fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun mavzusiga bag‘ishlangan maʼrifat darsi;
🔹 Jizzax davlat pedagogika universitetida “Buyuk allomalar” mavzusida axborot va murabbiylik soati;
🔹 Farg‘ona davlat universitetida adabiy-badiy tadbir;
🔹 Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida tayyorlangan videorolik;
🔹 Andijon davlat texnika institutida “Bobur kabi seving Vatanni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;
🔹 Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari tomonidan video-filmi;
🔹 TDTU Olmaliq filialida Bobur tavalludiga bag‘ishlab tayyorlangan videolavha;
🔹 Guliston davlat universitetida talabalar tomonidan ijodiy ishlar;
🔹 TTA Urganch filialida Bobur tavalludining yodgorligi, uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbir;
🔹 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;
🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bayt chellenji;
🔹 Turon xalqaro universitetida “Zahiriddin Muhammad Bobur. Yoʻlbars izidan” filmi namoyishi;
🔹 Nordik xalqaro universitetida “Bir asrning ikki dahosi” nomli tadbir;
🔹 Urganch davlat universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida milliy qadriyat va an’analarning aks etishi yuzasidan olingan videolavha;
🔹 Nordik xalqaro universitetida “Bir asrning ikki dahosi” nomli tadbir;
🔹 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Adolatli shoh va buyuk shoir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir;
🔹 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;
🔹 Geologiya fanlari universitetida devoriy gazetalar tanlovi;
🔹 Qarshi davlat universiteti vakillari tomonidan maktablarda adabiy-badiiy kechalar;
🔹 Namangan muhandislik-qurilish institutida Bobur tavalludining 542-yilligiga bagʻishlab viktorina;
🔹 TDIU Samarqand filialida Boburga bag‘ishlangan ma’rifat darsi;
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalar turar joylarida tadbirlar;
🔹 Ma’mun universitetida talabalar tomonidan tayyorlangan Boburning hayoti haqida videorolik;
🔹 Namangan davlat texnika universitetida “Buyuk Boburiylar sulolasining asoschisi” nomli kitob koʻrgazmasi.
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥2👏2🤩2🎉1